Dimitrios Kourbelis
Dimitrios Kourbelis | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Dimitrios Kourbelis |
Tugʻilgan | 2-noyabr 1993-yil[1][2][3](28 yosh) Afini, Gresiya |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 181 cm |
Vazni | 73 kg |
Pozitsiyasi | himoya yarim himoyachisi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Panathinaikos |
Raqami | 21 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Dimitrios Kourbelis (talaffuzi: Dimitrios Kurbelis grek. Dēmkhtēs Kōrmuēēs) 1993-yil 2-noyabrda Gretsiyada tugʻilgan. Yunon futbolchisi „Panathinaikos“ klubi va Gretsiya terma jamoasining himoyachi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dimitrios Kourbelis „Asteras“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 14-sentyabrda Gretsiya Superligasida „Panathinaikos“ga qarshi debyut qildi[4]. 2013-yilda Dimitrios Kourbelis klubga Gretsiya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. 2015-yil 22-mart kuni „Ergotelis“ga qarshi bahsda Dimitrios Kourbelis „Asteras“ uchun birinchi golini urdi[5]. 2017-yil boshida Dimitrios Kourbelis „Panathinaikos“ga oʻtdi. Transfer summasi 700 ming yevroni tashkil qildi. 5-yanvar kuni „Plataniya“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6].
2018-yilning 13-yanvarida „Live Sport athletic“ gazetasi xabariga koʻra, „Genoa“ moliyaviy jihatdan qiynalayotgan „Panathinaikos“ga yarim himoyachi va klub sardorini yanvar oyidagi transfer oynasida qoʻlga kiritish uchun 2 million yevro taklif qilgan. Boshqa nemis va italyan klublari futbolchining narxiga qiziqish bildirishgan. „PAOK“ futbol klubi „Panathinaikos“ga Dimitrios Kourbelis uchun 1,5 million yevro taklif qilgan.
Xalqaro martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilda Dimitrios Kourbelis Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Angliya, Estoniya, Portugaliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9][10].
2013-yilda Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Dimitrios Kourbelis Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[11].
2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi oʻyinda Dimitrios Kourbelis Gretsiya terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Petros Manatlosni oʻrniga maydonga tushgan[12].
Milliy jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Gretsiya | 2017 | 1 | 0 |
2018 | 6 | 0 | |
2019 | 9 | 1 | |
2020 | 7 | 0 | |
2022 | 6 | 0 | |
Jami | 29 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dimitrios Kourbelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Dimitrios Kourmpelis // FBref.com (mn.)
- ↑ Dimitris Kourbelis // FBref.com (mn.)
- ↑ „Панаитоликос VS. Астерас 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-sentyabr).
- ↑ „Астерас VS. Эрготелис 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-mart). 2015-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Платаньяс VS. Панатинаикос 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-yanvar). 2017-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Англия (до 19) VS. Греция (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Эстония (до 19) VS. Греция (до 19) 1:4“ (en). soccerway.com (2012-yil 6-iyul). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Португалия (до 19) VS. Греция (до 19) 2:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Испания (до 19) VS. Греция (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-iyul). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Греция (до 20) VS. Узбекистан (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
- ↑ „Босния и Герцеговина VS. Греция 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-iyun). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.