Dinamik stereotip
Dinamik stereotip — koʻp marta takrorlash (musbat va salbiy qoʻzgʻatuvchilarni taqdim etish) orqali ishlab chiqilgan murakkab shartli reflektor reaksiya[1][2]. Bu barqaror odatlar va koʻnikmalarni (mehnat, oʻyin, sport, kognitiv va boshqalar) shakllantiradigan shartli reflektor jarayonlarning yaxshi muvofiqlashtirilgan tizimi, shuningdek, odatiy oʻzgaruvchan atrof-muhit sharoitlariga moslashish (masalan, fasllarning, kun davomida yorugʻlikning oʻzgarishi).
Dinamik stereotipning ahamiyati uning asab energiyasini ortiqcha sarflamasdan, odatiy, oʻxshash vaziyatlarga organizmning aniq, oʻz vaqtida reaksiyalarini tayyorlashda (dasturlashda) yotadi. I.P.Pavlov „dinamik“ nomi uning oʻzgarish, buzilish va qayta tiklanish imkoniyatini anglatishini tushuntirib[1][3] „Dinamik stereotip“ tushunchasini kiritgan.
Dinamik stereotipning xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinamik stereotipning muvaffaqiyatli rivojlanishiga quyidagilar taʼsir qiladi: insonning stereotip rivojlangan muhitga munosabati; stereotipning murakkabligi; yosh (qanchalik katta boʻlsa, yangi stereotipni ishlab chiqish va eskisini oʻzgartirish shunchalik qiyin boʻladi); asab tizimining turi[2].
Dinamik stereotipni buzish nevrozlarni keltirib chiqarishi mumkin (koʻpincha asab tizimining zaif va inert turlarida), yangi dinamik stereotipga oʻrganish qiyinligi tufayli ogʻriqli his-tuygʻular bilan kechadi (masalan, atrof-muhitning, iqlimning keskin oʻzgarishi, odatiy munosabatlarni, mashgʻulotlarni tugatish, kasbni, fikrlash tarzini oʻzgartirish, pensiyaga chiqish va boshqalar).
"… Koʻpincha, — deb yozgan I. P. Pavlov, — odatiy hayot tarzini oʻzgartirgandagi, odatiy mashgʻulotlar toʻxtatilgandagi, yaqin odamlar yoʻqotilgandagi — ruhiy inqirozlar va eʼtiqodlarning buzilishi haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi — ogʻir his-tuygʻular katta darajada aynan eski dinamik stereotipni buzishda va yangisini oʻrnatish qiyinligida fiziologik asosga ega".
Shuningdek, dinamik stereotiplar qat-qat (shakllanish vaqtiga qarab) joylashishi qayd etilgan. Baʼzilari ustunlik qiladi, boshqalari esa toʻxtatilishi mumkin va tegishli vaziyatlarda faollashadi (masalan, odam oldingi hayot sharoitlariga kirganida eski munosabatlarning qaytalanishi). D.s. muhim xususiyati uning murakkablashishi ehtimoli (eski taassurotlarda yangi taassurotlarni shakllantirish orqali). Dinamik stereotiplar tizimi harakatlarni, munosabatlarni belgilaydi va shu bilan insonning xarakterini tashkil qiladi[4].
D.s. hodisasi xulq-atvor mexanizmlarini tavsiflash va tushuntirish(shu jumladan patologik, samarasiz) va uni oʻzgartirishga yordam beradi[5].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Павлов И. П. Полное собрание сочинений, т. 3, кн. 2 с. 240, М.— Л., 1951
- Купалов П. С. Учение о рефлексе и рефлекторной деятельности и перспективы его развития, в кн.: Философские вопр, физиол, высшей нервной деятельности и психологии, под ред. П. Н. Федосеева и др., с. 106, М., 1963
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Bolshaya meditsinskaya ensiklopediya: (v 30 t.) / gl. red. akad. B. V. Petrovskiy; (Akad. med. nauk SSSR). — 3-e izd. — Moskva : Sov. ensiklopediya, 1974—1989. T. 7: Degidrazi — Dyadkovskiy. — 1977. — 548 s.
- ↑ 2,0 2,1 Golovin S. Yu. Slovar prakticheskogo psixologa, Minsk.: Xarvest, 1998 g
- ↑ Dushkov B. A., Korolev A. V., Smirnov B. A. Ensiklopedicheskiy slovar: Psixologiya truda, upravleniya, injenernaya psixologiya i ergonomika. — „Akademicheskiy proekt, Delovaya kniga“, 2005. — 848 s.
- ↑ Kovalev A. G. Psixologiya lichnosti. — 3-e izd., pererab. i dop. — Moskva : Prosveщenie, 1970. — 391 s.
- ↑ Reabilitatsiya narkoticheski zavisimix lits putem slovesnoemotsionalnoy reorganizatsii ix patologicheskix dinamicheskix stereotipov: metodicheskoe rukovodstvo / T. V. Klimenko, I. A. Kuzichev, A. B. Nikolaev. — Moskva : Yevropeyskie poligraficheskie sistemi, 2009. — 56 s.