Dinara Yo‘ldosheva
Dinara Alijanovna Yoʻldosheva | |
---|---|
Tavalludi |
11-yanvar 1952-yil |
Kasbi | dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori |
Dinara Alijanovna Yoʻldosheva (1952-yil, 1-noyabr, Toshkent) — oʻzbek dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinara Yoʻldosheva 1952-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida ijodkorlar oilasida dunyoga keladi. Buvisi Nazira Aliyeva, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston san’at va teatr institutida sahna nutqi oʻqituvchisi.
U 1974-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatr tanqidchisi fakultetini tamomlagan. 1983-1988-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining boshlangʻich ta’lim uslubchisi ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan.
1976-yildan 1986-yilgacha u yoshlar teatrida adabiyot boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1991-yilda Respublika qoʻgʻirchoq teatrida dastlab adabiyot boʻlimi boshligʻi, 2008-yildan postanovkachi-rejissor sifatida, 2019-yildan esa Davlat qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissori lavozimlarida ishlab kelgan.
Sahnalashtirilgan spektakllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- “Quvnoq Balagʻanchiq” (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 1997-yil)
- “yana Andersen” (oʻzbek, rus, ingliz, 2002-yil)
- “Kim mushuk boʻldi?” (2002-yil)
- Shelkunchik (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 2008-yil)
- Qizil qalpoqcha (2008-yil)
- Yulduzli bola (2008-yil)
- Semurgʻ (2009-yil)
- "Soya" (2010-yil)
- “Eh, bu Xoʻja Nasriddin” (2011-yil)
- “Baxram merosi” (“Sirli oʻgʻirlanish”, 2012-yil)
- "Dyumchaxon" (2014)
- “Oʻyinqaro quyoncha” (“Buka” qissasi asosida, 2015-yil)
- "Quyosh va qor odamlari" (2016-yil)
- "Soya" (qayta tartibga solingan, 2017-yil)
- "Qani olgʻa Misik!" (2017-yil)
- “Mazl va Shlimazl” (2019-yil)
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliy xalq raqs va xoreografiya maktabi dosenti Tohir Yoʻldoshev bilan oila qurgan. Ayni kunda uch nafar farzandi bor: Nodira (A.Navoiy nomidagi Opera va balet teatri rejissori), Shuhrat (“ZOR” TV telekanali bosh rejissori) va Shavkat "Unique present" mediaxoldingida operator va montaj rejissori). Renata va Dinaralarning suyukli buvijonisi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.kultura.uz/view_4_r_1472.html Архивная копия -da arxivlangan
- http://mytashkent.uz/2009/10/24/zdes-zhivet-skazka/ Архивная копия
- http://uzbekistan.nsk.ru/index.php?option=com_content&view=article&catid=1:2010-03-12-13-22-28&id=1821:-----75--
- http://www.vesti.ru/doc.html?id=102830 Архивная копия
- http://uz2002.ru/i-snova-skazka-andersena Архивная копия