Diopsid
Qiyofa
Diopsid (di… va yun. opsis – koʻrinish) – jins hosil qiluvchi mineral. Monoklin piroksenlar guruhining silikata. Monoklin singoniyali. Kimyoviy formulasi CaMg[Si2O6]. Och yashil, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5,5—6,0. Zichligi 3,3—3,4 g/sm3. Odatda notoʻgʻri shaklli kristallar holida piroksenit, peridotit, gabbro, diabaz, diorit, siyenit, kontakt skarnlarida va b. otqindi va metamorfik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonning deyarli hamma toglaridagi intruziv jinslarda bor. Avstriya, Italiya (Alp togʻlari), Shvetsiya (Nordmark), AQSH (Konnektikut shtati), RF (Slyudyanka)da maʼlum.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |