Diplomatik munosabat
Diplomatik munosabat - xalqaro huquq meʼyorlariga va xalqaro muloqot tajribasiga koʻra davlatlar oʻrtasida rasmiy munosabatlarni yuritishning asosiy shakli. D.m. davlatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirishga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turishga koʻmaklashishi zarur. Diplomatik munosabatlar to'g'risidagi 1961 yil Vena konvensiyasiga binoan davlatlararo D.m. oʻzaro kelishuv asosida yoʻlga qoʻyiladi. D.m.ni oʻrnatishda odatda biron-bir davlat va uning hukumatining boshqa bir davlat tomonidan defakto yoxud deyure tan olinishi dastlabki qadam hisoblanadi. D.m. manfaatdor davlatlar vakillari bilan bevosita yoki bilvosita, uchinchi bir davlat diplomatik vakillari bilan muzokara yuritish natijasida oʻrnatiladi hamda davlatlar va hukumatlarning boshliqlari, tashqi ishlar vazirlari, maxsus vakolatli shaxslarning oʻzaro maktub, telegramma va xatlar ayirboshlashi tarzida rasmiylashtiriladi. Tomonlar D.m. oʻrnatilishi fakti haqida, diplomatik vakilliklar darajasi (elchixona yoki missiya), bitimning kuchga kirish sanasi, uni eʼlon qilish muddati va tartibi toʻgʻrisida ham oʻzaro kelishib oladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Xalqaro tashkilotlar
- Xalqaro aloqalar
- Xalqaro chegaralar
- Xalqaro huquq
- Xalqaro munosabatlar
- Xalqaro munosabatlar nazariyasi
- Xalqaro munosabatlar tarixi
- Xalqaro shartnomalar
- Xalqaro xavfsizlik
- Huquq
- Huquqiy adabiyotlar
- Huquqiy atamalar
- Huquqiy etika
- Huquqiy hujjatlar
- Huquqiy tarix
- Huquqiy tizimlar
- Huquqshunoslik
- Huquqshunoslikka oid chala maqolalar
- Siyosat
- Siyosatchilar
- Siyosatga oid chala maqolalar
- Siyosatshunoslik
- Siyosatshunoslik nazariyalari
- Siyosiy atamalar
- Siyosiy harakatlar
- Siyosiy tarix
- Siyosiy madaniyat
- Siyosiy tizimlar
- Siyosiy tushunchalar
- Tashqi siyosat
- Diplomatik hodisalar
- Diplomatiya
- Davlat
- Davlat apparati
- Davlat boshqaruvi
- Davlat xavfsizligi
- Davlat tashkilotlari
- Davlatlarga koʻra tashqi siyosat