Diplomli ishsiz 2
Velaiilla Pattadhari 2 | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Soundarya Rajinikanth |
Prodyuser(lar) |
Kalaipuli S. Thanu Dhanush |
Ssenariynavis(lar) | Soundarya Rajinikanth |
Rollarda |
Dhanush Kajol Amala Paul Vivek Hrishikesh Samuthirakani Saranya Ponvannan |
Bastakor(lar) |
Sean Roldan (qoʻshiqlar va fon musiqalari) Anirudh Ravichander (faqat fon musiqalari) |
Kinematografiya | Sameer Thahir |
Muharrir(lar) | Prasanna GK |
Studiya(lar) |
V Creations Wunderbar Films |
Distribyutor | V Creations |
Chiqarilgan sanasi |
(Tamil tili) (Telugu tili) |
Davomiyligi | 129 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Til | Tamil tili |
Byudjeti | ₹43 crore[3] |
Vikiiqtibosda Diplomli ishsiz 2ga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Diplomli ishsiz 2 (tamilcha: "Velaiilla Pattadhari 2")(inglizcha: "The unemployed graduate 2") – 2017-yilda rejissyor Soundarya Rajnikanth tomonidan "Diplomli ishsiz" filmning davomi sifatida suratga olingan Hindistonning tamil tilidagi komediya-jangari filmi[4][5].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raguvaran 2 yil oʻtganidan keyin "2016-yilgi eng yaxshi qurilish muhandisi" mukofotini qoʻlga kiritdi. Uning rafiqasi doktor Shalini turmush qurganidan keyin ishidan voz kechib, oilasini tanlagan. Janubiy Hindistondagi "Vasundhara Constructions" yirik qurilish kompaniyasining raisi Vasundhara "2016-yilning eng yaxshi muhandisi" mukofoti marosimida Raguvaran haqida bilib oladi. U Raguvaranga ish taklif qiladi, lekin u rad etadi.
Keyinchalik Raguvaran va Vasundhara bir vaqtning oʻzida xususiy tibbiyot kolleji va kasalxona binosi uchun juda boy mahalliy savdogar uchun oz loyihalarini namoyish etishga taklif etiladi. Vasundhara oʻzining loyihasini juda magʻrurlik bilan, Raguvaran esa sodda tarzda namoyish etadi va savdogar loyihani Raguvaranga beradi. Tashqariga chiqib Raguvaran Vasundhara uchun muloyimlik bilan bir nechta maslahat beradi. Bu uni gʻazablantiradi. Birinchidan, u savdogarni unga loyihani qaytarib berishga majburlab, buning uchun hukumat taʼsiridan foydalanadi. Keyin u eng past narxda Raguvaran kompaniyasining barcha loyihalariga qarshi takliflarni amalga oshiradi. Raguvaran buni sezib, kompaniyani saqlab qolish uchun oʻz ishidan voz kechadi.
Raguvaranga 50/50 aksiya bilan yangi qurilish kompaniyasi ochish haqida taklif tushadi. Raguvaran uyini 5 millionga garovga qoʻyib, 200 ta ishsiz muhandislar bilan "VIP" qurilish kompaniyasi ochadi. Ular bir oy davomida loyihalar kelmaydi. Prakash ismli tadbirkordan bogʻ qurish uchun loyiha kelib tushadi. Raguvaranning jamoasi hayajonga tushib, ishni boshlashadi, ammo tuproq tahlillari qurilish uchun mos kelmaydi. Shunday qilib, ular loyihani rad etadilar. Prakash loyihani "Vasunhara" kompaniyasiga beradi. Raguvaranning jamoasi norozilik namoyishini boshlab, mamlakat boʻylab loyihani hukumat tomonidan toʻxtatilishini talab qilishadi. Bu "Vasunhara" kompaniyasi uchun yomon nomni keltirib chiqaradi. "VIP" qurilish kompaniyasini 50% aksiyalarini Vasundhara sotib oladi va Raguvaranni ishdan xaydaydi, lekin xodimlar darhol oʻz ishlaridan voz kechishadi.
Shu kuni oqshomda Prakash Raguvaranni oʻldirish uchun zoʻravonlarni yuboradi, lekin Raguvaran ularni yer tishlatadi. U ularni Vasundhara yuborgan deb oʻylab, kompaniyaning bosh ofisiga boradi. Raghuvaran Vasundharani avvaliga xafa qilib, keyin maslahat beradi va ketmoqchi boʻladi. Afsuski, yomgʻir tufayli ofisni suv bosadi va ular u yerda qolib ketishadi.
Tuni bilan boʻlgan suhbatdan soʻng Vasundhara oʻzgaradi. Yomgʻir toʻxtagach, Raguvaran Vasundharani uyiga olib boradi, u yerda ular ovqatlanishadi. U "VIP" kompaniyasini Raguvaranga qaytarishini eʼlon qiladi. Film Raguvaranning odamlar uni yovuz odam deb bilishini, lekin u aslida qahramon ekanligini aytishi bilan yakunlanadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dhanush – Raguvaran rolida;
- Kajol – Vasundhara rolida;
- Amala Paul — Shalini rolida;
- Vivek – Raguvaranning hamkori rolida;
- Hrishikesh – Kartik, Raguvaranning ukasi rolida;
- Samuthirakani – Krishnamurthi, Raguvaranning otasi rolida;
- Saranya Ponvannan – Buvana, Raguvaranning onasi rolida;
- Meera Krishnan – Shalinining onasi rolida;
- Saravana Subbiah – Prakash rolida;
- Cell Murugan g Manickam, Raguvaranning yordamchisi rolida;
- Balaji Mohan – Balaji rolida;
- G. M. Kumar – Chettiyar rolida;
- Florent Pereira — Ponnuangam rolida;
- M. J. Shriram – Ramkumar, Anitaning otasi rolida.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Velai Illa Pattathari 2 (2017) | Velai Illa Pattathari 2 Movie | Velai Illa Pattathari 2 (VIP 2) Tamil Movie Cast & Crew, Release Date, Review, Photos, Videos“. 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-avgust.
- ↑ „'VIP 2' Telugu gets a new release date“. The Times of India. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ „2014: When little gems outclassed big guns in southern cinema“. Hindustan Times. IANS (2014-yil 19-dekabr). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- ↑ „VELAIILLA PATTADHARI 2 (2017)“. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
- ↑ „VIP 2: Kajol's comeback Tamil film will release on Dhanush's birthday“ (en-US) (2017-yil 7-may). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.