Direk Jayanama
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Siyosiy partiyasi | Khana Ratsadon |
Direk Jayanama 1905-yil 18-yanvar Tailandning Phitsanulok shahrida tug'ilgan. 1967-yil 1-may oyida vafot etgan.[1][2]U Tailand diplomati va siyosatchisi.
U 1932-yildagi Siam inqilobining fuqarolik vakillaridan biri bo'lib, mamlakatning boshqaruv shaklini mutlaqdan konstitutsiyaviy monarxiyaga o'zgartirdi. U Pridi Banomyong bilan yaqin munosabatda boʻlgan va Feldmarshal Plaek Phibunsongxram hukumatida u tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan. Lekin Phibunsongkhram Yaponiya bilan Tailandni Ikkinchi Jahon urushiga olib kelganida u iste'foga chiqqan. Direk Tailandning to'liq suvereniteti bo'lishi uchun hamda Yaponiya bilan hamkorlikka qarshi kurashgan Pridi va Erkin Tailand Harakati (Seri Thai) a'zosi bo'ldi. Urush tugagach u bir qancha qisqa muddatli kabinetlarda: Adliya, Moliya, Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1949-yildan 1952-yilgacha u Thammasat universitetining siyosiy fanlar fakultetining birinchi dekani boʻlgan.
Mashhurlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1938-yildan 1947-yilgacha Direk konstitutsiyaviy boshqaruvning dastlabki yillarida Tailand hukumatida muhim lavozimlarda ishlagan. Ikkinchi jahon urushida u Yaponiyadagi elchi bo'lish uchun tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.U yana muhim lavozimlarda, ya'ni bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri (bir necha marta), adliya vaziri, moliya vaziri lavozimlarida ham ishlagan. Shuningdek, u Tailandning Avliyo Jeyms sudida ( Angliya ), Germaniya va Finlandiyadagi elchisi bo'lib faoliyat ko'rsatgan. [2]
1947-yilda u Londonda elchisi bo'lib saylandi, biroq bir necha oy o'tgach, Phibunite to'ntarishi natijasida iste'foga chiqdi. [3]
Ittifoqchilar kuchi bilan muzokarachi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Direk 1940-yildagi Franko-Tailand mojarosi haqidagi hisoboti qoniqarli darajada boʻlgan; Hisobotida 1941-yilda Yaponiyaning bosib olinishi; 1942–1943 yillarda Yaponiya bilan nozik munosabatlar; urushdan keyingi moliyaviy ishlar; Tailandni Ittifoqchi kuchlar bilan reabilitatsiya qilish, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha muzokaralar kabi mavzularni yoritib bergan. [4]
Thammasat universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yilda Direk Thammasat universitetining siyosiy fanlar fakultetiga asos solindi. [2] Univarsitetda siyosat va davlat boshqaruvi, davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar boʻyicha uchta yoʻnalishlarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida taʼlim beriiladi. Tailand provinsiyalarining ko‘plab gubernatorlari, hokimlari, yetakchilari va jamiyatning faol shaxslari fakultetining bitiruvchilari boʻlgan. Keyinchalik esa u Thammasat universitetida huquqdan dars berilgan, shunungdek diplomatiya va tashqi ishlar bo'yicha matnlar yozgan. [3]
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Direkning ukasi Pairot Jayanama sobiq tashqi ishlarning doimiy kotib boʻlgan va Am Jayanama o'sha paytda havo kuchlari generali edi.
Direk aristokratik Nopawongse qirollik avlodining a'zosi Khunying ML Pui bilan turmush qurgan. Ularning 4 o'g'il farzandlari boʻlgan. Bir o'g'li Vattana Jayanama Tailand Bankining tashkil etilishi bosqichida muhim shaxsi edi.
Havolalar.
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sivaraksa, Sulak. Conflict, culture, change: engaged buddhism in a globalizing world. Wisdom Publications, 2005 — 125-bet. ISBN 0-86171-498-9.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Asia Africa Intelligence Wire. „Direk Jayanama: Diplomat extraordinaire“. Bangkok Post (2004-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 10-dekabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "BP" defined multiple times with different content - ↑ 3,0 3,1 Chris Baker. Journal of the Siam Society 2009. Vol 97.
- ↑ Chris Baker. Journal of the Siam Society 2009. Vol 97.