Kontent qismiga oʻtish

Dirixle

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dirixle (Dirichlet), Peter Gustav Lejyon (1805.13.8, Dyuren — 1859.5.5, Gyottingen) — nemis matematigi. Berlin universiteti (1831—55), Gyottingen universiteti (1855-yildan) prof. Asosiy ilmiy ishlari sonlar nazariyasi va matematik analizga doir. Birinchi hadi va ayir-masi oʻzaro tub sonlardan iborat butun sonlar arifmetik progressiyasida tub sonlar cheksiz koʻp ekanligi haqidagi teoremani isbotlagan. Matematik analiz sohasida birinchi boʻlib qatorning shartli yaqinlashishi tushunchasini taʼriflagan va tekshirgan. Uzilish nuqtalari chekli sonda boʻlgan boʻlakli monoton funksiyalarni Furye qatorigya yoyish mumkinligini isbotlagan. Mexanik va matematik fizikaga bagʻishlagan asarlar muallifi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil