Kontent qismiga oʻtish

Discus ruderatus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Discus ruderatus[1] nima?

Ilmiy klassifikatsiya

  • Olam: Hayvonat
  • Turkumi: Malyuskalar
  • sinf: gastrapodlar
  • Turkum: Oʻpka salyangozlari
  • Pastki turkum: Eupulmonata
  • Oilasi: Discidae
  • Tur: Discidae
  • koʻrinishi: Discus ruderatus

Discus ruderatus: Quruqlikdagi malyuskalar oilasiga mansub tur- Discidae.

Qobiqning balandligi 2-3,5mm, kengligi esa 5,7mm. Qobiqning pastki qismi konussimon yoki bosilgan konussimon shaklda boʻladi. Xarakter xususiyati: Qobiqning yuzasi kuchli va bir tekis qovurgʻali. Qovurgʻalarning kengligi qovurgʻalararo boʻshliqlar kengligidan kamroq. Aylanasi 4-4,5 asta sekinlik bilan oʻsib boruvchi qavariq boʻlib, diafragmasi qiya deyarli yumaloq qirralari esa yupqa koʻrinishda boʻladi. Chigʻanoqning shohlari qizil, toʻq qizil va jigarang rangda boʻladi. Tanasi kulirang, toʻq kulirang qobiqning pastki qismi och rangda bolib, turli hil biotiplarda yashaydi: nam va quruq (oʻrmonli, ochiq joylarda, Dengiz sathidan to 2800m boʻlgan togʻlarda) antropogen biotoplarda (bogʻlar va hiyobonlarda) u chirigan daraxtlarda, daraxt tanasining poʻstlogʻining moxli joylarida, toshlarning ostida va zaht joylarda yashaydi. U Shimoliy Evrosiyoda Evropadan Sharqiy Sibirgacha va gʻarbiy Kanadada[2] tarqalgan.

  1. „discus ruderatus“ (o'zbek).
  2. Welter-Schultes F. „Species summary for Discus ruderatus (en) (deadlink). AnimalBase. Early zoological literature. AnimalBase Project Group (2009). 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 stycznia 2012.
  • Lixarev I. M., Rammelmeyer E. S. SSSR faunasining quruqlikdagi mollyuskalari. – M.-L.: SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1952. – 512 p.