Kontent qismiga oʻtish

Diskont

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diskont (ing . discount — chegirma, lot. computare — hisobga olmoq) — 1) qimmatli qogʻozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali yoki uni qaytarib so-tib olishdagi narxi oʻrtasidagi farq (mas, nominali 1000 soʻm belgilangan aksiya birjada 950 soʻmga sotib olingan, D. 1000—950=50 soʻmga teng); 2) valyutaning forvard kursi (bitim tuzilgan paytda belgilangan, lekin pul toʻlovi keyinchalik amalga oshiriladigan valyuta kursi) bilan uning ayni paytda naqd toʻlovi amalga oshiriladigan kursi oʻrtasidagi farq (mas, dollarning forvard kursi yarim yildan soʻng 100 soʻm boʻladigan boʻlsa, uning ayni paytdagi kursi 90 soʻm, D. 100—90=10 soʻm boʻladi); 3) tovarning turli muddatlarda yetkazib berilishi bilan bogʻliq narxlari oʻrtasidagi farq (mas, kompyuterning ikki oydan keyin sotiladigan narxi 2 mln. soʻm boʻlsa, uchinchi oyda uning narxi 1,9 mln. soʻm boʻlishi mumkin (D. 2—1,9=0,1 mln. soʻmga teng); 4) ishlab chiqarilgan tovar sifatining mavjud meʼyorlar yoki shartno-maga muvofiq kelmasligi natijasida tovar narxining pasayishi (narxdan tashlama); 5) banklar tomonidan vekselni muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (veksel hisobi); 6) vekselni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan foiz.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil