Kontent qismiga oʻtish

Diskoteka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diskoteka (disk va yun. theke — joy) — 1) grammofon plastinka (gramplastinka), kompakt (lazer) disklar (CD) majmui (qarang Fonoteka); 2) yoshlar musiqa klubi. Gramplastinka, magnit tasmalariga mexanik tarzda yozilgan ommabop musiqa namunalarini tinglashga nisbat berilgan. D. dasturini diskjokey (DJ, di-jey) tuzadi va sharhlaydi. D. 1960-yillar boshida Fransiyada yuzaga kelgan va tez orada butun dunyoda ommaviylashgan. Oʻzbekistonda D.lar 1970-yillardan yirik shaharlarda tarqala boshladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil