Dislokatsiyalar
Dislokatsiyalar (lot. dislocatio siljish) — 1) kristallarda — kristall panjara nuqsonlari; bunda chiziqlar boʻylab yoki ularga yaqin joylarda atom qatlamlarining toʻgʻri joylashishi buzilgan boʻladi. Tugallan-magan va burama D. eng oddiy D. Kristall ichidagi bir qatlam tugallanmagan (a rasm) yoki kristall tekisligi burama chiziqdan iborat boʻlganda (b rasm) kuzatiladigan dislokatsiya (siljish) hisoblanadi. Baʼzan ikkala D. ham bir paytning oʻzida sodir boʻlishi mumkin. Kristallar ichida atom qatlamlaridan biri uzilgan boʻlsa, tugallanmagan D. vujudga keladi. Burama D.da kristall ichida bironta atom qatlamlari uzilmaydi, lekin bir-biri bilan shunday jipslashib ketadiki, kristall burama chiziq boʻylab bukilgan bitta qatlamdan iboratday boʻlib qoladi. D. kristallning mustahkamligiga, elektr oʻtkazuvchanligiga, optik, magnit va b. xossalariga kuchli taʼsir qiladi. Nuqsonlar kristallar xossalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi;
2) geologiyada — Yer poʻstidagi endogen (tektonik harakatlar, magmatik, metamorfik jarayonlar) va ekzogen (muzliklar harakati, koʻchki, karst, daryo eroziyasi va b.) jarayonlar natijasida togʻ jinslari dastlabki yotish holatining oʻzgarishi. D. burma hosil qiluvchi (plikativ) va uzilish (dizʼyunktiv)ga boʻli-nadi, goho yana inʼyektiv D. ajratiladi (yana q. Tektonik deformatsiya).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |