Dispetcherlik punkti
Qiyofa
Dispetcherlik punkti - dispetcherlik aloqa tizimining markazi. Dispetcherlik shchitlari, axborotlarni aks ettiradigan tablo (ekran)lar, telefon, radio va televizion aloqa vositalari, kompyuterlar va b. jihozlar, shuningdek, dispetcherning ish stoli D. p.da joylashtiriladi va dispetcher ular yordamida korxonaning barcha jarayonlarini tezkor nazorat etib, markazlashgan boshqaruvni amalga oshirib turadi. D. p.ga doimiy ravishda mahsulot i. ch., sex, uchastkalardagi ish rejasining bajarilishi, dastgoxlar, konveyerlar, transportlar harakati va b. toʻgʻrisidagi axborotlar kelib turadi. Shunga muvofiq, dispetcher kelgusi ish rejasini tuzadi yoki mavjud ish holati yuzasidan zarur choratadbirlarni koʻradi (yana q. Dispetcherlash).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |