Kontent qismiga oʻtish

Dissimilyasiya (tilshunoslik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dissimilyasiya (tilshunoslikda) — nutqiy hodisa. Muayyan soʻzdagi bir-biriga oʻxshagan yoki qisman oʻxshash tovushlardan birining hosil boʻlishi oʻrniga, usuliga koʻra farq etuvchi boshqa tovushga oʻxshashi. Dissimilyasiya assimilyasiya qarama-qarshi fonetik hodisa boʻlib, u assimilyasiya darajasida keng tarqalgan emas, chunki koʻp hollarda unda sonor tovushlarga ega boʻlgan soʻzlargina dissimilyasiyaga uchraydi. Dissimilyasiya adabiy tillarga nisbatan shevalarda koʻproq. Dissimilyasiyaning ikki turi mavjud:

  1. kontakt dissimilyasiya (masalan, tramvay — tranvay);
  2. distakt dissimilyasiya (masalan, zarar — zaral, avtobus — aptobus).
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil