Kontent qismiga oʻtish

Diyen uglevodorodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diyen uglevodorodlar, diyenlar, diolefinlar — ikkita qoʻshbogʻli toʻyinmagan uglevodorodlar. D. u. molekulasidagi qoʻshbogʻlarning oʻzaro joylashuviga qarab uch xil boʻladi: 1) ayrim qoʻshbogʻl i D. u., mas, pentadiyen -1,4; kimyoviy xossalari jihatdan olefinlarga oʻxshaydi; 2) zich (kumulyasiyalangan) qoʻshbogʻli D. u., allenlar sinfi shulardan iborat; 3) qoʻshbogʻlari oralangan (oddiy bogʻ vositali) D. u. D. u. etilen qatori uglevodorodlarining barcha xossalarini namoyon qiladi. D. u. olishning umumiy usullari: glikollar va toʻyinmagan spirtlar degidratatsiyasi, ikki atomli galoid birik-malardan galogen vodorodlar tortib olish reaksiyasi va b. D. u. poliamid tolalar, plastifikatorlar, lok, dori, sintetik kauchuk va b. i. ch.da asosiy xom ashyodir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil