Dmitriy Dvorkis
Dmitriy Vladimirovich Dvorkis | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1945-yil 28-yanvar Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, O'zbekiston SSR |
Siyosiy partiyasi | Gromada[1] |
Taʼlim | Kiyev milliy qurilish va arxitektura universiteti |
Dmitriy Vladimirovich Dvorkis (1945-yil 28-yanvar, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, O'zbekiston SSR) – 1992—2000-yillarda Vinnitsa shahri hokimi, Vinnitsa shahrining faxriy fuqarosi. Ikki marta shahar hokimi lavozimiga saylangan. 1998-yilda uchinchi chaqiriq Ukraina Oliy Radasining xalq deputati etib saylangan, oʻsha paytda amaldagi qonunchilikka zid ravishda deputatlikdagi faoliyatini shahar hokimi lavozimi bilan birga olib borgan[2][3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Vladimirovich Dvorkis 1945-yil 28-yanvarda O'zbekiston SSRning Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.
Vinnitsa 32-sonli oʻrta maktabni tamomlagan.
1961—1966-yillarda Vinnitsa qurilish texnikumi talabasi.
1966—1968-yillarda Sovet Armiyasidagi xizmat qilgan.
1969-yilda Vinnitsa radio quvurlari zavodining muhandisi boʻlgan.
1969—1970-yillarda Ukraina SSR Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Vinnitsa viloyati Xmelnik shahridagi suv distillash ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi va 1970—1971-yillarda Ukraina SSR Sanoat va qurilish vazirligi Vinnitsa qurilish-montaj tresti Vinnitsa SMU 2-uchastkasi boshligʻi boʻlgan.
1971—1974-yillarda Vinnitsa mebel zavodining katta muhandisi.
1974—1976-yillarda Ukraina SSR isteʼmolchilar ishlari vazirligining tumanlararo taʼmirlash-qurilish boshqarmasi boshligʻi.
1976—1978-yillarda Ukraina SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining „Vinnitsa selstroy“ trestining PMK-49 boshligʻi.
1978—1980-yillarda Vinnitsa mintaqaviy kolxozlararo qurilishining Gnivanskiy xoʻjalik uchastkasi direktor oʻrinbosari, boshligʻi.
1980—1984-yillarda Vinnitsada Ukrremstroytrest taʼmirlash-qurilish boʻlimi boshligʻi.
1984—1991-yillarda RPO „Ukrlift“ ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish boʻlimi boshligʻi.
1991—1992-yillarda „Vinnitsastroymaterialy“ hududiy birlashmasi bosh direktori.
1992-yildan 2000-yilgacha Vinnitsa shahar kengashi raisi lavozimida ishlagan. Dmitriy Vladimirovich Dvorkis 1998-yilda Ukraina
xalq deputati etib saylangan (Gromada partiyasi).
1999-yil 23-noyabr kuni ertalab Maksimovicha koʻchasida Baptist xristian cherkovi yonida Dvorkisga suiqasd qilishga urinish boʻldi. Nomaʼlum shaxs Kalashnikov avtomatidan oʻq uzgan, natijada haydovchi O.Kovalenko halok boʻlgan, shahar hokimi va uning qoʻriqchisi V.Popenko yaralangan. Rasmiy ravishda, suiqasdga kim buyurtma bergani va amalga oshirgani hozircha nomaʼlum.
2002 va 2006-yillarda yana Vinnitsa meri saylovlarida ishtirok etdi, ammo ikkinchi oʻrinni egallab, A.Dombrovskiy va V.Groysmanga yutqazdi.
Dmitriy Vladimirovich Dvorki Jabotinskiy nomidagi „Millatlararo totuvlik uchun“ medali, III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni, III darajali „Vatanga sadoqat shon-sharafi“ medali bilan taqdirlangan. Vinnitsa shahrining faxriy fuqarosi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дворкіс Дмитро Володимирович“. www.chesno.org. Qaraldi: 21-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Довідка: Дворкіс Дмитро Володимирович“. www.dovidka.com.ua. Qaraldi: 12-oktabr 2023-yil.
- ↑ „ДВОРКИС Дмитрий Владимирович бывший председатель Винницкой областной государственной администрации“. www.labyrinth.ru. Qaraldi: 12-oktabr 2023-yil.