Dmitriy Lixachev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Dmitriy Sergeyevich Lixachev [1906.15(28).11, Peterburg - 2001, SanktPeterburg] — rus adabiyotshunosi, jamoat arbobi, akademik (1970). 1928-yilda Leningrad universitetini tugatdi. Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)da (IGA)... ilmiy faoliyatini boshlagan. 1954-yildan shu institutda qad. rus adabiyoti boʻlimi mudiri, Leningrad universiteti professor (1946—1955). 1928—1932 yillarda repressiyaga uchragan. Lixachev 10—17-asrlar rus adabiyoti va madaniyati tarixchisi sifatida rus adabiyotshunosligining muhim nazariy masalalari bilan shugʻullanib kelgan ("Igor jangnomasi", 1950; "Qadimgi rus adabiyotida inson", 1958; "Andrey Rublev va Yepifaniy Premudriy davridagi Rus madaniyati", 1962 va boshqalar). Lixachevning qadimgi rus adabiyotining paydo boʻlishi, unda inson harakterining tasvirlanishi, adabiy yoʻnalishlar, janr va uslub tizimlarining tashkil topishi haqidagi asarlarida adabiyot, xalq ijodi va tasviriy sanʼat uzviy aloqada oʻrganilgan: "Qadimgi rus adabiyoti poetikasi" (1979), "Rus tabiati haqida qaydlar" (1981), "Oʻtmish—kelajakka" (1985). "Matnshunoslik" asarida matnshunoslikning mustaqil fan ekanligini isbotlab berdi. Lixachevning mazkur monografiyasi va boshqa tadqiqotlari oʻzbek matnshunoslik fanining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |