Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Pojarskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pojarskiy Dmitriy Mixaylovich (1578.1.11 - 1642.20.4) - knyaz, boyar (1613-yildan), L/ininning safdoshi. 1-zemstvo koʻngillilar qoʻshini qatnashchisi (1611), 2-zemstvo koʻngillilar qoʻshini va muvaqqat Zemstvo hokimiyati rahbarlaridan biri. Moskvani polyaklar intervensiyasidan mudofaa qilgan (1612). 1617—40 yillar Moskvada turli mahkamalarni boshqargan. Zaraysk (1610), Novgorod (1628— 31) va Pereyaslavl-Ryazan (1638) shaharlar voyevodasi. Pojarskiy XVII asrning 1-yarmida Rossiyadagi eng yirik yer egalaridan biri boʻlgan. Moskva (Minin bilan birga qizil maydonda) va Nijniy Novgorod shaharlarida haykal oʻrnatilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil