Doʻng qumlar
Qiyofa
Doʻng qumlar — oʻsimliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan aylana yoki uzunchoq shakldagi qum uyumlari. D. q. sochiluvchan ("toʻp kumlar") va zichlangan qumlarga boʻlinadi. D. q. ayniqsa Markaziy Osiyo choʻllarida, koʻpincha chuchuk yoki shoʻrtob yer osti suvlari 3 m dan 5 m gacha chukurlikda boʻlgan joylarda vujudga keladi. Oʻrta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Qoraqalpoq choʻlida koʻproq uchraydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |