Kontent qismiga oʻtish

Doʻrmon (Shofirkon tumani)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doʻrmon
Qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Shofirkon tumani

Doʻrmon — Shofirkon tumani markazidan 5 km uzoqlikda joylashgan katta qishloq.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻrmon — aslida etnonim boʻlib, XVI-XVII asrlarda Dashtiqipchoqdan kelgan oʻzbek qabilalaridan birining nomi. Ular Toshkent, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida, Zarafshon vohasida, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda istiqomat qilib keladi. U qabilalar yashagan qishloqlar — Doʻrmon, Doʻrmoncha deb atalgan. Doʻrmon (moʻgʻulcha — doʻrba) soʻzi toʻrt degan maʼnoni anglatadi. Do‘rmonlar Chingizxon hokimiyat uchun kurash boshlagan yillarida unga qarshi turgan qabilalardan biri bo‘lgan. Do‘rmonlar mo‘g‘ullarning Bichinkayon nomli podshosining to‘rtta o‘g‘lidan tarqalgan.[1]

Doʻrmon qishlog‘i qadimda Oʻrta Qoʻrgʻon, Doʻrman va Torkoʻcha toʻplaridan iborat boʻlib, 24 ta masjidi boʻlgan. Doʻrman qabilasining qoʻyli, uvoq, uch urugʻ, koʻk chelak, sakson, noʻgay, churdi, oytamgʻali nomli urugʻlari maʼlum. 1929-yil oxiri va 1930-yil boshida Buxoro va Gʻijduvon shaharlaridan oʻnlab mashkoblar oilalari koʻchirib kelingan va bugungi kunga kelib mashkoblar mahalliy aholi tarkibiga singib ketgan. Doʻrmon mashina traktor stansiyasi tashkil etilishi tufayli bir nechta rus millatiga mansub oilalar ham koʻchirib kelingan. Turgʻun aholining katta qismi 200 yillar oldin Tezguzar atroflaridan koʻchib kelgan. 1924-yilda Doʻrmon qishloq kengashi tashkil etilgan. Uning birinchi raisi Maʼmur Qalandarov boʻlgan. 1942-yil Doʻrmonda urushdan evakuatsiya qilingan bolalar uyi ochilgan. 1948-yilda Doʻrmon qishlogʻida tumandagi birinchi GES ishga tushirilgan. Bu GES orqali 120 ta xonadonga yiliga 400 kilovatt elektr toki yetkazib berish imkoniyati mavjud boʻlgan. 1949-yilda Doʻrmonliklar xonadoni toʻliq radiolashtirilgan. Jamoa xoʻjaligi tuzumi davrida Doʻrmon qishlogʻi F.Xoʻjayev jamoa xoʻjaligi markazi boʻlgan.

Doʻrmonlik taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rahmat Yodgorov — Oliy toifali oʻqituvchi. Oʻqituvchilar qurultoyi delegati. „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“.
  • Gʻafforboy — Doʻrmanlik katta yer egasi, 110 tanob yeri boʻlgan. Amirlikda katta mavqea ega boʻlgan.
  • Usmon Xoʻjayev — Doʻrmondagi „Qoʻshchilar soyuzi“ rahbari boʻlgan.[2]
  1. Do'rman, 1, Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022 — 117-118-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9. 
  2. Muxtorov, Salim. Do'rman, 1, Toshkent: Yozuvchi, 1998 — 62-63-bet.