Kontent qismiga oʻtish

Doʻsjon Nasirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Doʻsjon Sipatdinovich Nasirov (1927.3.1, Moʻynoq tumani – 1992.20.12, Nukus) – qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), filologiya fanlari doktori (1976). Qoraqalpogʻiston pedogogika institutini tugatgan (1949), shu institutda prorektor va kafedra mudiri (1955—1959), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali Iqtisodiyot va madaniyat institutida boʻlim boshligʻi (1954— 1955), Tarix, til va adabiyot instituti direktori oʻrinbosari, sektor mudiri, direktor (1959—1991), Qoraqalpoq untida kafedra mudiri (1991—1992). Doʻsjon Nasirovning tadqiqotlari qoraqalpoq tili tarixi va dialektologiyasiga bagʻishlangan. U „Qoraqalpoqcha-ruscha lugʻat“ (1958), „Ruscha-qoraqalpoqcha lugʻat“ (1967), „Qoraqalpoq tilining dialektologik lugʻati“ (1983), „Qoraqalpoq tili“ (1985), „Matematik terminlarning ruscha-krraqalpoqcha lugʻati“ (1992) va boshqalarni tuzishda ishtirok etgan.

Adabiyotlar: Qoraqalpoq tilida koʻplik kategoriyasi, Nukus, 1961; Qoraqalpoq tilida koʻmakchi feʼl, Nukus, 1964; Qoraqalpoq umumxalq soʻzlashuv tilining shakllanishi va uning dialektal tizimi, Nukus, 1976[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil