Doʻstlik (stadion, Kattaqoʻrgʻon)
Toʻliq nomi | Kattaqoʻgʻon "Dostlik" stadioni |
---|---|
Joyi | Kattaqo'g'on, Samarqand viloyati, O'zbekiston |
Egasi | "Sherdor", "Kattaqo'g'on Dinamo"}} |
Yuzasi | tabiiy maysazor |
Hajmi | 5000 |
Maydon oʻlchami | 112x72 |
"Doʻstlik" stadioni — Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahridagi koʻp maqsadli stadionidir.
Stadion tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 5 mingga yaqin tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, sigʻimi boʻyicha Kattaqoʻrgʻondagi eng yirik stadion hisoblanadi. Doʻstlik soʻzi oʻzbek tilida Doʻstlik/birodarlik maʼnolarini anglatadi. Oʻzbekistondagi koʻpgina stadionlaridan biri boʻlib, turli musoboqa, turnirlar, yoki madaniy tadbirlar oʻtkazilinuvchi joylardan biridir. Bu inshoot Samarqand viloyatiga oʻshgacha chiroy, oʻzgacha tarovat berib, viloyatning qurilish salohiyati yanada yuqori darajaga koʻtarib turadi.
Bu mahalliy „Sherdor“ va Kattaqoʻrgʻonning „Dinamo“ futbol klublarining uy arenasidir. 2018-yildan buyon „Sherdor“ futbol jamoasi oʻz uyidagi uchrashuvlarini aynan shu stadionda oʻtkazib kelmoqda. Stadion 1990-yilda qurilgan va Kattaqoʻrgʻon shahridagi eng yirik stadion hisoblanadi. Shaboda koʻchasida joylashgan. Stadion 5000 tomoshabinni sigʻdira oladi. Maydonning oʻlchamlari 112x72 metr. Kattaqoʻrgʻon kolleji oʻquvchilari futbol oʻyinlaridan tashqari stadionda turli xil mashgʻulotlar, sport musobaqalari va tadbirlari oʻtkaziladigan asosiy stadiyon hisoblanadi.