Kontent qismiga oʻtish

Doʻstnazar Himmataliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doʻstnazar Omonovich Himmataliyev
Tavalludi 11-mart 1969-yil (1969-03-11) (55 yosh)
Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Doʻstnazar Omonovich Himmataliyev (1969-yil 11-mart, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Doʻstnazar Himmataliyev 1969-yil 11-mart Gʻuzor tumanida tugʻilgan[1]. 1993-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash“ fakultetini tamomlagan. 1993—1998-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Pedagogika va oʻqitish uslubiyati“ kafedrasi laboratoriya mudiri, 1998—2009 yillarda ushbu institut qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori oʻrinbosari, oʻqituvchi, boʻlim boshligʻi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2009—2011-yillarda Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, sektor mudiri, „Taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish“ boʻlimi boshligʻi, 2011—2021-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti dotsenti, kafedra mudiri, professor lavozimida ishlagan. 2021-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti „Pedagogika“ kafedrasi professori.[1]

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda nomzodlik, 2018-yilda „Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 5 ta monografiya, 1 ta darslik va 6 ta oʻquv qoʻllanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2022)[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.