Kontent qismiga oʻtish

Dodekafoniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dodekafoniya (yunoncha: dodeka - oʻn ikki va phone — tovush) — atonal musiqann muayyan qoidalarga boʻysundirish maqsadida yaratilgan kompozi-torlik texnikasi. 1910-y.larda Avstriyada Y. M. Xauer, F. G. Klayn, shuningdek, rus kompozitori N. Roslavetslar D.ga yaqin tarzda asarlar yaratishga uringan. Mukammal D.ning qonunqoidalarini Avstriya kompozitori A. Shyonberg (10 yildan ziyodroq davr mobaynida) ishlab chiqib, muhimi, ijodiy amaliyotda qoʻllagan (1923-yil, fortepiano uchun 3 ta pyesa). D.da asarni tashkil etuvchi kuy va hamohangliklar majmui seriya deb atalib, turli balandlikdagi 12 xromatik, teng huquqli tovushning muayyan izchilli-gidan tuziladi, bunda registr, gori-zontal va vertikal yoʻnalishlar erkin ravishda almashadi. D. ustalari orasida A. Shyonbergning shogirdlari A. Berg , A. Vebern, rus kompozitori I. Stravinskiy, polyak V. Lyutoslavskiy, italyan mualliflari L. Dallapikkola, L. Nono, yapon kompozitorlari Yo. Matsudayra, T. Mayudzumi, K. Fukusima va b. tanilgan. Oʻzbekistonda ilk bor F. Yanov-Yanovskiy, M. Tojiyev, N. Zoki-rov, keyinchalik M. Maxmudov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b. kompozitorlar D.ning ayrim xususiyatlaridan foydalanishgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kogoutek S., Texnika kompozitsii v muzike XX veka, M., 1976.