Dodhoh madrasasi
Madrasa | |
Dodhoh madrasasi
Dodhoh madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Maqomi | saqlanib qolmagan |
Dodhoh madrasasi — Qarshi madrasasi. Madrasa Dodxoh guzari masjidi atrofida qurilgan hujralardan iborat boʻlgan. Ikkita hujjatda ushbu madrasa faoliyatiga oid maʼlumotlar saqlanib qolgan. Bittasida madrasaning vaqfsiz ekani aytilgan: „Ojiz banda duogoʻyingiz qozi Abul Fazl sudur hazratimning boshiga sadqa boʻlsin. Qarshi viloyatidagi Dodxoh guzari masjidi hujralari vaqfsiz boʻlgani uchun mudarrisi yoʻq. Bu joydagi talabalar bekor qoldi. Shu sababdan mulla Elmurod ismli ilm tolibi unga mudarris boʻlishni istaydi va oliy marhamatingizdan umidvor boʻlib, janobi oliyni duo qilgay. Umid birla arz qilurmizki, mulla Elmurod taʼlim koʻrgan solih kishi va dars oʻtishga munosibdir[1]. Hazratimning oʻzi koʻproq va yaxshiroq bilguvchidir. Faqiringiz“. Ikkinchi hujjatda qozi mulla Mir Sirojiddin sudur oliy hukmdorga arz qiladi: „Tasadduqingiz boʻlay, Abdullaxon madrasasi hujrasining bir tarafida yashovchi duogoʻyingiz mulla Hamdam vafot etdi. U Qarshidagi Dodxoh, guzari masjidi hujralarida dars berardi. oʻrni boʻsh qoldi“. Hujjatda koʻrsatilishicha, shundan soʻng Abdullaxon madrasasidagi joy mulla Yusuf ismli talabaga beriladi. Dodxod masjidi hujralari uchun dam quyidagicha mudarris tayinlanadi: „Tasadduqingiz boʻlay. Mazkur masjid hujralarida marhum mulla Hamdam oʻrniga dars oʻtish uchun talabalar tahqiq va imtihon qilindi. Ularning orasida oʻqimishli, kambagʻal va xokisor mulla Abdujalil nomli ilm tolibi mazkur masjid hujralarida mulla Hamdam oʻrniga dars oʻtishdan umidvor boʻlib, janobi oliyni duo qilgaydir. Maoshi bir tilla“. Shu tariqa Dodxoh madrasasi mudarrisi maoshi bir tilla ekanligi maʼlum boʻldi. Mazkur oʻquv dargohi ham buzilib ketgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dodhoh madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.