Kontent qismiga oʻtish

Doga Yeujeniu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doga Yeujeniu
rumincha: Eugen Doga
Tavalludi 1-mart 1937
Fuqaroligi Moldova, SSSR va Rossiya

DOGA (Doga) Yeujeniu (Yevgeniy Dmitriyevich) (rumincha: Eugen Doga; 1937.1.3, Moldova, Mokra qishlogʻi) — moldovan kompozitori. Moldovada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974), Moldova xalq artisti (1982), Moldova FA akad. (1991). "Luchaferul" baleti, kantatalar, simfonik va kamer asarlar, teatr spektakllari va 200 ga yaqin kino va videofilmlar uchun musiqalar yozgan. Musiqa uslubiga yorqin ifodaviylik, ohangdorlik, joʻshqinlik va milliylik xosdir. Moldovan xalq ohanglari zaminida yaratgan qoʻshiqlari ("Gullar ummoni", "Shahrim haqida qoʻshiq", "Dnestr — mening faxrim" va b.) va ayniqsa, kinofilmlar ["Lautarlar", "Tabor koʻkka intiladi", "MariyaMirabella", "Mening nozik va yoqimtoy qoplonim", "Yov-voyi" ("Oʻzbekfilm"), "Jamila" va b.] uchun yozgan musiqalari mashhur. Moldova Davlat mukofoti laureati (1980). Xalqaro musiqali filmlar festivali (Brno, 1991) da kino musiqasi sohasida erishgan buyuk xizmatlari uchun Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil