Dogma (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dogma

Film posteri
Rejissyor(lar) Kevin Smith
Prodyuser(lar) Scott Mosier
Ssenariynavis(lar) Kevin Smith
Rollarda Ben Affleck
George Carlin
Matt Damon
Linda Fiorentino
Salma Hayek
Jason Lee
Jason Mewes
Alan Rickman
Chris Rock
Kevin Smith
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Robert Yeoman
Muharrir(lar) Scott Mosier
Kevin Smith
Distribyutor Lions Gate Films
Chiqarilgan sanasi 12-noyabr, 1999
Davomiyligi 130 daqiqa
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar
Til Inglizcha
Byudjeti $10,000,000

Dogma, 1999-yilda omma eʼtiboriga havola qilingan komediya filmdir. Ssenariy muallifi va rejissor Kevin Smitning oʻzi ham filmda Ben Affleck, Matt Damon, Linda Fiorentino, Alan Rickman, Bud Cort, Salma Hayek, Chris Rock, Jason Lee, Jason Mewes, George Carlin, Janeane Garofalo hamda Alanis Morissette bilan birgalikda rol ijro etgan.

Film Katolik Cherkovini satira ostiga olgani uchun baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan, film rejissori Kevin Smith esa bir necha tahdid xatlari olgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Film jannatdan quvilgan ikki farishta (Bartleby va Loki) sarguzashtlari, ularning yana jannatga qaytish uchun qiladigan harakatlari haqida hikoya qiladi. Lekin shunisi ayon boʻladiki, ularning jannatga qaytishi Xudoning hech ham xato qilmasligi prinsipini buzib, olamni yoʻq qilib yuborishi mumkin ekan (filmda bu Azroilning rejasi ekanligi taʼkidlanadi). Bunday falokatning oldini olish uchun Metatron ismli farishta Isoning yakka uzoq qarindoshi Bethany huzuriga yuborilib, unga Bartleby va Loki'ni toʻxtatish zarurligi haqida aytiladi. Bunda Bethany'ga ikki paygʻambar - Jay va Kamgap Bob hamda 13-sahoba - zanji Rufus koʻmak berishadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]