Kontent qismiga oʻtish

Doka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Doka — paxta ipidan polotno oʻrilishda juda yupqa, siyrak qilib toʻqiladigan gazlama. Ilgari (19-asr 2-yarmigacha) Hindiston, Eron va b. mamlakatlardan keltirilgan. Mahalliy D.lar xonaki doʻkonlarda toʻqilgan. D.larning koʻpchiligi asosan oq, baʼzilari koʻk tusda boʻlib, salla, roʻmol, pashshaxona va b. tikilgan. Hozir toʻqimachilik korxonalarida toʻqiladi. D. uy-roʻzgorda, tikuvchilikda, haritalarni yopishtirishda, ayniqsa, tibbiyotda keng ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil