Dongfeng eπ 007
Dongfeng eπ 007 | |
---|---|
Guangjou 2023 avtosalonidagi Dongfeng eπ 007 | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Dongfeng |
Model yili | 2023 |
Tasnifi | |
Sinfi | Sedan |
Segment | C |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2,915 mm (114.8 in) |
Uzunligi | 4,880 mm (192.1 in) |
Kengligi | 1,895 mm (74.6 in) |
Balandligi | 1,460 mm (57.5 in) |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Sedan |
Oʻrindiqlar soni | 5 |
Eshiklar soni | 4 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
BYD Han Changan Qiyuan A07 |
Dongfeng eπ 007 – Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchisi Dongfeng kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi sedan sinfiga mansub elektromobil. Avtomobil batareyasi toʻliq quvvatda 1200 km masofani bosib oʻtishi mumkin[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 10-noyabr kuni Dongfeng oʻzining eπ sub-brendini rasman taqdim etdi. Ushbu sub-brend Dongfengga 2024-yilga borib ishlab chiqariladigan avtomobillarini 100% elektrlashtirishga erishishga yordam berishi maqsad qilingan. Ushbu taqdimotda eπ sub-brendining ilk modeli – eπ 007 namoyish etildi. 007 sof elektr va yurish masofasi katta boʻlgan versiyalarda sotuvga chiqariladi[1].
eπ sub-brendi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brenddagi harflar "e" elektr (inglizcha: electric), energiya (inglizcha: energy), kashfiyot (inglizcha: explore) va hissiyotni (inglizcha: emotion) anglatadi. "π" belgisi esa nomaʼlum narsalarni oʻrganuvchi odamlarning ilmiy ruhini aks ettiradi[1].
Texnik koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]eπ 007 Dongfeng kvant arxitekturasi asosida qurilgan. Avtomobil uzunligi 4880 mm, kengligi 1895 mm, boʻyi 1460 mm va g'ildirak bazasi 2915 mm ni tashkil qiladi. Yangi avtomobil eshiklari romsiz qilib ishlangan, qarshilik koeffitsienti 0,209 Cd ga teng[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dongfeng eπ 008
- Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari
- Shanxay Avtomobillar muzeyi
- Xitoy avtomobil sanoati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Dongfeng eπ 007 electric sedan with 1,200 km range debuts in China“ (en). carnewschina.com (2023-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 19-noyabr.