Doniyor Toshtemirov
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Doniyor Toshtemirov. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Doniyor Toshtemirov“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Toshtemirov qaydlar • oʻchirish |
Doniyor Eshboyevich Toshtemirov | |
---|---|
Tavalludi |
12-mart 1973-yil Baxmal tumani, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizika va informatika oʻqituvchisi |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Guliston davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Doniyor Eshboyevich Toshtemirov (1973-yil 12-mart, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari nomzodi (2012), dotsent (2016).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doniyor Toshtemirov 1973-yil 12-mart Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Guliston davlat universitetini fizika va informatika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 2000—2004-yillarda Guliston davlat universiteti axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, 2004—2020-yillarda Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti katta oʻqituvchisi, dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimida ishlagan. 2020-yildan Guliston davlat universiteti „Pedagogika“ kafedrasi mudiri[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doniyor Toshtemirov 1996—1999-yillarda Guliston davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 2012-yilda „Kasb-hunar kollejlarida informatikani oʻqitish uchun taʼlim portali yaratish va undan foydalanish metodikasi“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan va 2016-yilda taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. 200 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 30 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].