Kontent qismiga oʻtish

Doquz xotun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doquz Xotun
Malika

Xulagu xon va Doquz Xotun
Ilxoniylar davlatida Xotun
Saltanat 1256 – 1265
Davomchisi Buluqxon Xotun
Vafoti 1265-yil 16-iyun
Uy Kerayitlar
Otasi Uyku
Dini Nasroniylik

Doquz Xotun (Dokuz Xotun) – 13-asrda yashagan kerayitlarning malikasi boʻlib, Ilxoniylar davlati asoschisi Xulagu xonga turmushga chiqqan[1].

Doquz Xotun Kerayitlar xoni Toʻgʻrulning nevarasi boʻlgan[2]. Avvaliga bobosi vafotidan keyin u Toluiga erga berilgan. 1232-yilda birinchi erining vafotidan keyin Hulaguga turmushga chiqqan. U Hulaguning yurishlarida unga hamroh boʻlgan. Bagʻdod qamalida (1258) moʻgʻullar oʻn minglab aholini qirgʻin qilgan, ammo Doʻquzning xoxishiga koʻra nasroniylarga shavqat qilingan[3]. Doʻquz Xotun nasroniy boʻlgan va koʻpincha xristian dinining buyuk himoyachisi sifatida tilga olingan. Doquz Xotun oʻgay oʻgʻli Abakaning tarafdori boʻlgan va erining vafotidan keyin ham oʻzining nufuzli mavqeini saqlab qolgan[4][5]. Erining vafotidan 4 oy oʻtib vafot etgan. Nomaʼlum manbalarga koʻra Shamsiddin Juvayniy tomonidan zaxarlangan va shu sababdan vafot etgan.

  1. Runciman 1987, p. 299.
  2. May, Timothy (2016-11-07). The Mongol Empire: A Historical Encyclopedia [2 volumes]: A Historical Encyclopedia. ABC-CLIO. p. 146. ISBN 9781610693400.
  3. Runciman 1987, p. 303.
  4. „DOKUZ ḴĀTŪN – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org. Retrieved 2019-11-17.
  5. Mazzola, Marianna (2018-06-25). „Bar 'Ebroyoʻs Ecclesiastical History : writing Church History in the 13th century Middle East“: 413.