Kontent qismiga oʻtish

Dor ussiyodat

Koordinatalari: 39°03′01″N 66°49′47″E / 39.0502570149131°N 66.82969566761753°E / 39.0502570149131; 66.82969566761753
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dor-us-sodot
Muqobil nomlari Dor-us-siyodat
Umumiy maʼlumot
Maqomi majmua
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°03′01″N 66°49′47″E / 39.0502570149131°N 66.82969566761753°E / 39.0502570149131; 66.82969566761753
Qurilishi boshlangan 1379-yil
Qurilishi tugagan 1380-yil
Egasi Amir Temur
Dor ussiyodat

Dor us-siyodat meʼmoriy majmuasi (boshqa nomi „Sayyidlar uyi“) — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining janubiy-sharqiy qismida qurilgan boʻlib, u Amir Temur davrining eng mashhur tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi[1]. Mazkur majmua oʻrta asrlarda shahardagi boshqa bir mashhur majmua „Dor ut-tilovat“ sari olib boradigan yoʻl vazifasini ham oʻtagan. Tarixda mazkur ikki majmua siyosiy va diniy qatlam vakillari uchun umumiy qabriston vazifasini oʻtagan.

Meʼmoriy majmua bir qator tarixiy yodgorliklardan tarkib topgan boʻlib, ularning orasida eng asosiysi bu Jahongir maqbarasidir[2]. Uzoq yillar davomida maqbara oʻz holatini yaxshi saqlashga muvaffaq boʻlgan. Run Gonzale de Klavixo ham bu yerga tashrif buyurgan vaqti mazkur majmua haqida bir qator fikrlarini yozib oʻtgan.

Majmua hududida Amir Temurga qarashli toshsagʻana dahmasi ham bugunga qadar saqlanib qolingan. Umarshayx Mirzoning qabri ham ayni shu yerda joylashgan, degan fikrlar mavjud. Sababi, mazkur hududdan uncha uzoq boʻlmagan masofada Umarshayxning oʻgʻli Said Ahmad Mirzo qabr sagʻanasi topilgan. Bundan shu ayon boʻladiki mazkur majmua oʻz vaqtida Amir Temur va undan kelib chiqqan barlos qabilasi vakillarining xilxonasi boʻlgan boʻlishi mumkin.

Sharafuddin Ali Yazdiyning qalamiga mansub „Zafarnoma“ asarida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino qurdirgan, unda oʻz oʻgʻli Amirzoda Jahongir va boshqa amaldorlar, va ularning avlodlarining daxmalari qoʻyilsin, deb farmon bergan. Dor Us-sodot tarhi Yassaviy majmuasi bilan juda oʻxshash boʻlib, asosiy gʻarbiy qismidagi ravogʻi 20 metr kenglikka ega boʻlgan, kirish yoʻli xudoyixona (yoki saroyga), undan qoq oʻrtadagi Amir Temurga moʻljallangan yer osti sagʻanasi joylashgan binoga olib borgan. Xonaning muyulishidagi uzun yoʻlakdan yon xonalarga oʻtish imkoniyati mavjud boʻlgan. Bu xonalar oʻrnida oʻsha vaqtlarda oshxona, masjid, kutubxona, mehmonlar turadigan xujralar boʻlgan deb taxmin qilinadi[3]

Arxeologik izlanishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dor us-sodot“ tarixiy majmuasiga tegishli hududlarda 19701980-yillar davomida koʻplab arxeologik izlanishlar amalga oshirilgan. Natijada koʻplab arxitektura qoldiqlari aniqlangan.

Jumladan, Jahongir maqbarasidan 10.15 metr uzoqlikda Oqsaroy arkasi toqidan atigi 1.7 metrga qisqa boʻlgan arka qoldiqlari topilgan. Uning ikki proporsional peshtoqi oq marmar bloklardan baquvvat qilib bunyod etilgan. Mazkur arxeologik qazilmaning topilishi arkaning oʻz davridagi eng yiriklaridan biri boʻlganligidan dalolat beradi.

2002-yilda amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida esa, mazkur majmuaning janubiy ustuniga tegishli bino qoldiqlari aniqlangan.

Dor ussiyodat“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet. 

  1. „Dor-us-sodot-majmuasi“. Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
  2. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Dor us-siyodat“ (o'zbek). milliycha.uz (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.