Dorian Gray (film)
Dorian Gray | |
---|---|
Dorian Gray portreti | |
Rejissyor(lar) | Oliver Parker |
Prodyuser(lar) | Barnaby Thompson |
Ssenariynavis(lar) | Toby Finlay |
Qaysi asarga asoslangan |
Dorian Gray portreti –Oscar Wilde |
Rollarda | Ben Chaplin |
Bastakor(lar) | Charlie Mole |
Kinematografiya | Roger Pratt |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | Momentum Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 112 daqiqa |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Daromadi | $22.4 million |
Dorian Gray – Oskar Wildening 1890-yilda yozgan „Dorian Gray portreti“ romani asosida 2009-yilda suratga olingan fantastik qoʻrqinchli film. Rejissyorlar Oliver Parker va Toby Finlay tomonidan suratga olingan[1]. Filmda rollarni Ben Barnes, Colin Firth, Rebecca Hall, Ben Chaplin, Emilia Foxs va Rachel Hurd-Wood ijro etgan. Bu kinoda bosh qahramon goʻzalligini abadiy saqlab qolish uchun oʻz qalbini portretga berganiga guvoh boʻlamiz. Filmda qahramon qancha koʻp yomon ish qilsa, portreti shuncha xunuklashib boradi.
Dorian Gray 2009-yil 9-sentyabrda Buyuk Britaniyada Momentum Pictures tomonidan ommaga taqdim etilgan[2][3][4].
Film syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sodda va yosh Dorian Gray Londonga oʻzining bobosidan qolgan merosni olish uchun kelganda, shaharning xarizmatik lordi Henry „Harry“ Wotton tomonidan ijtimoiy hayot girdobga tortiladi. Wotton Grayni shaharning kayf-safoli hayot tarziga oshno qiladi. Henryning doʻsti, rassom Basil Xallward Grayning goʻzalligini tasvirlash uchun uning portretini chizadi. Portretga ko'zi tushgan Gray aqlsizlarcha bir niyat qiladi. Unga koʻra, u yosh qolish uchun hamma narsani, hatto qalbidan ham voz kechishini aytadi.
Gray yosh aktrisa Sibyl Vaneni sevib qoladi va unga turmush qurishni taklif qiladi. Lekin, Henryning taʼsiri ostida fohishaxonaga tashrif buyurganidan soʻng, Gray Sibylni tashlab ketadi. Yuragi parchalangan ayol esa bu vaziyatda o'zini yo'qotib qo'yadi va oʻzini suvga choʻktiradi. Sibylning akasi James („Jim“) Dorianning bu qaroriga qarshi chiqib va Sibylning homilador bo'lganini aytadi. Henry Grayni gʻam-qaygʻudan chalgʻitadi va uning kayf-u safoga berilgan turmush tarzini tobora yomonlashtirib, uni Basildan uzoqlashtirib boradi.
Gray oʻzining Basil chizgan portretini xunuklashganini koʻradi hamda beixtiyor qilgan niyati roʻyobga chiqqanini anglaydi – u sogʻ-salomat, go'zal qolgan holda, uning gunohlari va ziyon-zahmatlarining barchasi portretda aks etayotganini koʻradi. Basil bir necha bor portretni (Gray chordoqda qulflab qoʻygan) koʻrishni talab qilganda,dastlab qarshi chiqadi, lekin bir kun Gray unga portretni koʻrsatadi. Keyin Gray Basilning oʻldirib, nimtalab, Thames daryosiga tashlaydi. Oradan vaqt o'tgach, jasad daryodan topilib, dafn etiladi.
Gray Henryga dunyo boʻylab sayohat qilishni taklif qiladi, ammo Henry xotinining homiladorligini aytib, taklifni rad etadi. 25 yillik sayohatdan soʻng, Gray oʻzining yoshligidagidek oʻzgarmagan qiyofasi bilan ziyofatga kelib, hamma mehmonlarni hayratga soladi. Henryning qizi Emily Grayga qiziqib qoladi, bu esa otasining noroziligiga sabab boʻladi.
Grayning Sibyl haqidagi xotirasi qayta jonlanib, uni pushaymonlik tuygʻusini his etishga majbur qiladi. U Emilydan uzoqlashishga harakat qiladi, lekin qo'lidan kelmaydi. Jim Grayni taʼqib qilib, u bilan yuzma-yuz keladi, lekin London metrosida kelayotgan poyezd ostida qolib halok boʻladi. Gray Emily bilan Londonni tark etishga tayyorgarlik koʻrar ekan, Henry eski fotosuratlarni oʻrganadi va Grayning oʻz ruhini abadiy yoshlikka almashtirish haqidagi gʻayrioddiy vaʼdasini yodga oladi.
Henry Dorianning chordoq kalit nusxasini olishga muvaffaq boʻladi. Chordoqda u Basilning qonga boʻyalgan sharfini topadi. Henry u yerda Grayga toʻqnash keladi va Dorian Henryni boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻladi, lekin shu payt Emily Grayni chaqirib, chalgʻitadi. Henry uni chetga uloqtirib, portretni ochadi. Portretdagi manzaradan dahshatga tushgan Henry uni yoqib yuboradi va Grayni chodirga qamab qoʻyadi. Emily chodirga yetib boradi, lekin Gray ketishdan bosh tortadi. Oxirgi daqiqalarda Dorian qizga boʻlgan sevgisini tan oladi, lekin Henry Emilyni yonayotgan saroydan sudrab olib chiqadi. Oxir-oqibat Dorian Gray oʻz portreti bilan olovda yonib kul boʻladi.
Bir necha oy oʻtgach, Emily bilan yarashish uchun behuda urinishdan soʻng, Henry oʻzining chodiriga yoʻl oladi. Henry u yerda kuygan ramkasiga qaramay, asl holiga qaytgan Gray portretiga ko'zi tushadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ben Barnes — Dorian Gray
- Colin Firth — Lord Henry Wotton
- Ben Chaplin — Basil Hallward (rassom)
- Rachel Hurd-Wood — Sibyl Vane
- Johnny Harris — Jim Vane
- Rebecca Hall — Emily Wotton
- Emilia Fox — Lady Victoria Wotton
- Fiona Shaw — Agatha
- Maryam d'Abo — Gladys
- Caroline Goodall — Lady Radley
- Michael Culkin — Lord Radley
Grayning xizmatkori Viktor rolida Pip Torrens ikkinchi darajali rollarni ijro etadi; Jo Woodcock lord va ledy Radleyning qizi Celia rolida; Max Irons Lucius rolida, Gray unga bir ziyofatda chordoq eshigining kalitini ushlab olgani uchun hujum qiladi. David Sterne teatr menejeri sifatida Grayni birinchi marta Sibyl bilan tanishtiradi; va Douglas Henshall Grayning tanishi Alan Campbell rolida, Jim Vane Grayni boʻgʻib oʻldirishga uringanida ishtirok etadi.
Suratga olish jarayonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film 2008-yilning yozida Ealing Studios va Londonda joylashgan turli xil manzillarda suratga olingan va oktyabr oyida suratga olish yakunlangan[5]. Filmga UK Film Council Premyera jamgʻarmasi tomonidan £500 000 mablagʻ ajratilgan[5].
Qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film tanqidchilar tomonidan ko'plab tanqidlarga sazovor bo'lgan. 2024-yil fevral holatiga ko‘ra, film Rotten Tomatoes filmlarni baholash saytida 40 ta taqriz asosida 43% ijobiy tanqid olgan.Filmning o‘rtacha bahosi esa 10 balldan 5 ballni tashkil etadi. Saytning tanqidiy xulosasida shunday deyilgan: "Hashamatli va puxta ishlangan bo‘lishiga qaramay, ’Dorian Gray’ filmi jozibadan mahrum va g‘oyasiz chiqqan. Bosh rolda Ben Barnesning ijrosi esa filmni yanada zerikarli qilib qo‘ygan."
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dorian Gray (2009) AllMovie.
- ↑ Archie Thomas. „Rebecca Hall joins Dorian Gray“. Variety (2008-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ „Line Up :: Official Fantàstic In Competition Selection“.
- ↑ Dorian Gray IMDbda
- ↑ 5,0 5,1 „Remake of Oscar Wilde Classic“. screenafrica.com (2008-yil 9-sentyabr). 2008-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.