Dorul Ulum vaqf
Turi | islomiy seminariya |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1982 |
Rektori | Muhammad Sufyon Qosmiy |
Manzili |
Saharanpur, Deoband , Uttar-Pradesh , Hindiston |
Veb-sayti | www.dud.edu.in |
Al-Jomiya al-Islomiya Dorul Ulum Vaqf Deoband (Dorul Ulum Vaqf nomi bilan tanilgan) Hindistonning Deoband shahrida joylashgan islom seminariyasidir. U 1980-1982-yillardagi Dorul Ulum Deoband maʼmuriyatidagi kelishmovchiliklar natijasida 1982-yilda Muhammad Salim Qosmiy va Anzarshoh Kashmiriy boshchiligidagi olimlar tomonidan tashkil etilgan. 2021-yildan boshlab uning rektori Muhammad Sufyon Qasmiy hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980 va 1982-yillar oraligʻida Dorul Ulum Deoband maʼmuriy nizolarni boshdan kechirdi. Muhammad Taqi Usmoniy bu holatlarni muassasa tarixidagi eng yomoni deb hisobladi[1]. Bu tortishuvlar uning ikkiga boʻlinishiga olib keldi. Dorul Ulum Deoband Asad Madniy boshchiligidagi Madniylar nazorati ostida qoldi, Muhammad Salim Qosmiy va Anzarshoh Kashmiriy boshchiligidagi boshqa guruh esa 1982-yilda Dorul Ulum Vaqf nomli yangi madrasa tashkil etishdi[2][3][4]. Uning birinchi rektori Muhammad Salim Qosmiy boʻlgan[5][6]. 2014-yil 3-sentyabr kuni Dorul Ulum Vaqf maslahat kengashi Muhammad Sufyon Qasmiyni rektor etib tayinlagan[7].
Seminariya urdu tilida har oylik „Nidaʼe Darul Ulum Vaq“f jurnalini va yiliga ikki marta chiqadigan arabcha „Vahdat al-Ummah“ jurnalini nashr etadi. U har chorakda bir marta ingliz tilida „Voice of Darul Uloom (Dorul Ulum ovozi)“ nomli jurnalni nashr etadi. Unda „Hujjatul Islom akademiyasi“ nomli tadqiqot boʻlimi mavjud[8]. Akademiya zamonaviy talablarga javob berish va Muhammad Qosim Nanautavi mafkurasi va nutqlarini soddalash tarzda tushuntirish maqsadida tashkil qilingan[8]. „Hayyat-i-Tayyib“ Muhammad Toyib Qosmiyning tarjimai holi uning dastlabki nashrlari qatoriga kiradi, asar muallifi Gʻulom Nabiy Kashmiriydir[8].
Bitiruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jomiy Imom Muhammad Anvarshoh, Deoband
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mufti Taqi Usmani „Qari Muhammad Tayyab“, . Nuqoosh-e-Raftgaan, April 2007 (Urdu), Karachi: Maktabatul Maarif — 193–194-bet.
- ↑ Nadeem al-Wajidi. „Maulana Salim Qasmi“. baseeratonline. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
- ↑ Noor Alam Khalil Amini. Pas-e-Marg-e-Zindah (Urdu). Idara Ilm-o-Adab, Deoband — 798–818-bet.
- ↑ Muhammadullah Khalili Qasmi. „Mawlana Anzar Shah Kashmiri: A Tribute to His Life and Services“. IlmGate.org (2010-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 31-may.
- ↑ „Deoband rector Maulana Salim Qasmi no more“. RisingKashmir.com. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
- ↑ Bowering, Gerhard. The Princeton Encyclopedia of Islamic Political Thought. Princeton University Press, 2013. ISBN 978-0691134840.
- ↑ „Advisory Council constituted in Darul Uloom (Waqf), Deoband“ (2014-yil 30-sentyabr).
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Qasmi 2020.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tadhkirah Mawlana Ghulam Nabi Kashmiri (ur). Deoband: Maktaba Raazi, February 2020 — 23–26-bet.
- Reetz, Dietrich „Change and Stagnation in Islamic Education: The Dar al-ʿUlum of Deoband after the Split in 1982“, . The Madrasa in Asia. Amsterdam University Press, 2008 — 71–104-bet. ISBN 9789053567104.