Kontent qismiga oʻtish

Doston Yoqubov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doston Jaloliddin oʻgʻli Yoqubov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 5-aprel 1995-yil (1995-04-05) (29 yosh)
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Oltin Toshkent 2021 67kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Kumush Jakarta 2018 69kg gacha

Doston Jaloliddin oʻgʻli Yoqubov (1995 -yil 5-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori.

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Doston Yoqubov yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. 2013-yilda u Jahon chempionatida ishtirok etib, 69 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yakuniy 14-oʻrinni egallaydi.

2014-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi (7-oʻrin), 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi (11-oʻrin).

2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida 313 kg natija bilan yakuniy 10-oʻrinni egalladi.

2018-yilda Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori. Uning shtangadagi umumiy vazni 331 kg edi.

2018-yil noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchi 67 kilogrammgacha vazn toifasida dast koʻtarishda 180 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtarib, kumush medal sohibi boʻladi, yakuniy bayonnomada u toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2021-yilning dekabr oyida Doston Yoqubov Doston Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u 324 kilogramm vazn toifasida ikkita mashq bajarib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U dast koʻtarishda kichik oltin, siltab koʻtarishda kichik kumush medalni qoʻlga kiritdi[1].

  1. Тяжелоатлет Достон Якубов завоевал звание чемпиона мира в Ташкенте (фото) Darakchi.uz10.12.2021