Dounia Batma
Dounia Batma | |
---|---|
دنيا بطمة | |
Tavalludi | 1-aprel 1991-yil |
Fuqaroligi | Kasablanka, Marokash |
Kasbi | Aktrisa, Qo‘shiqchi |
Otasi | Hamid Batma |
Dounia Batma (arabcha: دنيا بطمة) 1991-yil 1-aprelda tug‘ilgan bo‘lib, MBC telekanalidagi Arab Idol (Pop Idol ko‘rsatuvining arabcha versiyasi) birinchi mavsumida ikkinchi o‘rinni egallab, butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozongan Marokashlik qo‘shiqchi va aktrisadir. Final bosqichida misrlik ishtirokchi Karmen Sulaymonga yutqazib, g‘oliblik unvonini qo‘ldan boy berdi. Dounia Batma keyinchalik Bahraynlik qo‘shiqchi Hala Al Turkning otasi Muhammad Al Turkka turmushga chiqdi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Batma Marokashning Kasablanka shahridagi Ain Sebaa-Hay Mohammedi tumanining Hay Mohammadi hududida tug‘ilib o‘sgan. Uning otasi Hamid Batma Mesnawa va Nass El Ghiwane kabi turli guruhlarda ijro etgan. Amakisi Laarbi Batma esa Martin Scorsese tomonidan "Afrikaning Rolling Stones"i deb ta’riflangan Marokashning Nass El Ghiwane fusion guruhining rahbari[1]. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, musiqa karyerasi haqidagi orzularini ham to‘xtatmasdan, turizmni o‘rgangan[2]. 2010-yilda, 18 yoshida, o‘zining mashhur amakivachchasi Xansa Batmadan (Muhammad Batmaning qizi) ilhomlanib, Sharq toifasida 2M telekanalida efirga uzatilgan Studio 2M deb nomlangan Marokash musiqiy tanlovida ishtirok etdi.[3]. Marokash va Yaqin Sharq repertuarlarining turli qo‘shiqlarini kuyladi va yarim finalga chiqdi. Finalga chiqa olmagan bo‘lsa ham, u "Aalash Tgheeb" (Nega yashirinyapsan?) marokashcha arab tilida qo‘shiq chiqara oldi, bu unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shunda Dounia o‘zi orzu qilgan karyeraga erishish uchun yanada ko‘proq harakat qilishi kerakligini angladi. "Arab Idol" esa arab dunyosi yuragiga yetib borish uchun ajoyib joy edi.