Kontent qismiga oʻtish

Dovud Nasibov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dovud Nasibov
Asl ismi ozarbayjoncha: Davud Məcid oğlu Nəsibov
Tavalludi 1942-yil 25-avgust
Vafoti 2003-yil 26-mart
Boku, Ozarbayjon
Ijod qilgan tillari Ozarbayjon tili va Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1956-2003
Janr Poeziya

Dovud Majid oʻgʻli Nasibov (ozarbayjoncha: Davud Məcid oğlu Nəsibov; 1942-yil 25-avgust, Novaya Akstafa – 2003-yil 26-mart, Boku) – sovet ozarbayjon shoiri, tarjimon, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Ozarbayjon SSR Lenin komsomoli mukofoti (1984), Lenin komsomoli mukofoti (1986) laureati[1].

Dovud Nasibov 1942-yil 25-avgustda G‘azo shahrida tugʻilgan. 1959-yilda Boku davlat universitetining kutubxona va axborot fakultetiga oʻqishga kirdi[2]. Birinchi she’ri „Mening ona daryoyim – mening Kuram“ 1956-yilda tuman „Gʻalaba bayrogʻi“ gazetasida chop etilgan[3]. Shoir oʻsha paytdan beri faol she’rlar yozishni boshladi[4].

Dovud Sovet Ittifoqi xalqlari she’riyatining badiiy tarjimalarini amalga oshirgan. Bundan tashqari Vengriya shoiri Miklosh Radnoti she’rlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Dovud Majid oʻgʻlining „Onaga maktub“ va „Toshlarga pechlar“ kitoblari 1974 va 1981-yillarda Moskva nashriyoti tomonidan nashr etilgan.

Tarjimon 1966-1969-yillarda Ozarbayjon SSR Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining badiiy boʻlimi muharriri boʻlib ishlagan. Keyin Moskvadagi SSSR Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi ikki yillik oliy adabiy kursni tugatgan (1971-1972). Oʻqishni tugatgach, Bokuga qaytib kelgan. „Adabiyot va sanʼat“ gazetasida adabiy xodim, nafis sanʼat boʻlimi mudiri va shu yerning oʻzida sheʼriyat boʻlimi mudiri ham boʻlib ishlagan.

Shoir Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi prezidiumi aʼzosi boʻlgan. 1978-1980-yillarda Vengriyada ijodiy taʼtilda boʻlgan. 2003-yil 26-martda avtohalokatda vafot etgan.

Shoirning otasi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan[5]. U uylangan, Xayal va Xayyom ismli ikki farzandi bor edi[6].

  1. „Биография. Насибов Давуд Меджид оглы“. 2021-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  2. „Davud Nəsib: Tərcümeyi hal“ (az). davudnasib.az (2021). 2021-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  3. Ramiz Göyüşov, „Davud Nəsibin Özünü və Sözünü xatırlayanda…“ ( at www.anl.az Error: unknown archive URL 20211023192943 sanasida arxivlangan) // 525-ci qəzet. – 2014.- 21 fevral.- S.8.
  4. Xaliq Rəhimli. „Vətən məhəbbətli, vətən ünvanlı..“ (az). Ədəbiyyat qəzeti (2011-yil 19-avgust). 2021-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  5. Mina Rəşid, „Davud Nəsibi heç vaxt unutmaram…“ ( at edebiyyatqazeti.az Error: unknown archive URL 20210423102437 sanasida arxivlangan) //Ədəbiyyat qəzeti. −2019. – 24 avqust. – S.13.
  6. Bəxtiyar Qaraca, Kəmalə Mirzəyeva, „Damcılı bulaq, dağdağan ağacı və Davud Nəsibin yurdu“ ( at www.anl.az Error: unknown archive URL 20210423102436 sanasida arxivlangan) // 525-ci qəzet.- 2019.- 5 iyun.- S.14-15.