Dozimetriya
Sogʻliqni saqlash fizikasi va nurlanishdan himoya qilish sohalarida radiatsiya dozimetriyasi , odatda inson tanasi tomonidan yutilgan ionlashtiruvchi nurlanish dozasini oʻlchash, baholash deganidir. Nurlanish dozasi- ichki hamda tashqi yutilgan yoki nafas olayotganda radioaktiv moddalar, radiatsiya manbalari tomonidan yutilgan nurlanishni baholashda qoʻllanadi.
Ichki dozimetriyani baholash turli xil monitoring, biologik-tahlil qilish yoki radiatsiyaviy tasvirlash usullariga tayanadi, tashqi dozimetriya esa dozimetr yordamida oʻlchovlarga asoslanadi yoki boshqa radiologik himoya vositalari tomonidan oʻtkazilgan oʻlchovlar orqali aniqlanadi.
Dozimetriya radiatsiyadan himoya qilish uchun keng qoʻllanadi va muntazam ravishda nurlanish mavjud yoki radiatsiya xavfi bor deb tahmin qilingangan joylarda, masalan, Uch mil oroli, Chernobil yoki Fukusimadagi radiatsiyaviy hodisalardan keyin xizmat xodimlarining holatini kuzatish uchun qoʻllanadi. Umumiy qabul qilingan doza gamma nurlanishini oʻlchash, radioaktiv zarrachalar monitoringi va radioaktiv ifloslanish darajasini hisobga olish kabi turli koʻrsatkichlar boʻyicha oʻlchanadi va hisoblanadi.
Radiatsiya dozasini oʻlchash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi doza
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ionlashtiruvchi nurlanishlardan yutilgan dozalarni oʻlchashning bir necha usullari mavjud. Radioaktiv moddalar bilan kasbiy aloqada boʻlgan yoki nurlanishga duchor boʻlishi mumkin boʻlgan odamlar muntazam ravishda oʻzi bilan shaxsiy dozimetrlarni olib yurishadi. Ular qabul qilingan dozani qayd etish va koʻrsatish uchun maxsus moʻljallangan. Anʼanaviy dozimetr, bular kuzatilayotgan shaxsning tashqi kiyimiga mahkamlangan qulflar boʻlib, ularda kino nishoni dozimetrlari deb nomlanuvchi fotografik plyonka mavjud edi. Ular termoluminesanslar dozimetri yoki optik stimulyatsiya qilingan luminesans (OSL) nishonlaridan foydalanadigan TLD nishoni kabi boshqa qurilmalar bilan almashtirildi.
Ichki doza
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki nurlanish oʻlchash- inson tanasiga radionuklidlarni qabul qilish natijasida qabul qilingan dozani baholash uchun qoʻllanadi.
Ekologik dozimetriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atrof-muhit dozimetriyasi atrof-muhiti sezilarli nurlanish dozasini yaratishi mumkin boʻlgan joylarda qoʻllanadi. Bunga misol sifatida radon monitoringini keltirish mumkin. Radon – uranning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan radioaktiv gaz boʻlib, u yer qobigʻida turli miqdorlarda mavjud. Baʼzi geografik hududlar, asosiy geologiya tufayli, doimiy ravishda er yuzasiga kirib boradigan radonni hosil qiladi. Baʼzi hollarda gaz toʻplanishi mumkin boʻlgan binolarda doza sezilarli boʻlishi mumkin. Binoda yashovchilar olishi mumkin boʻlgan dozani baholash uchun bir qator maxsus dozimetriya usullari qoʻllanadi.
Doza oʻlchovlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salomatlik uchun stoxastik xavfni hisobga olish uchun yutilgan dozaning jismoniy miqdorini ekvivalent va samarali dozalarga aylantirish uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladi, ularning tafsilotlari radiatsiya turiga va biologik kontekstga bogʻliq. Radiatsiyaviy himoya va dozimetriyani baholashda qoʻllanishi uchun (ICRP) va Radiatsiya birliklari va oʻlchovlari boʻyicha Xalqaro komissiya (ICRU) nurlanishlarni hisoblash uchun ishlatiladigan tavsiyalar va maʼlumotlarni nashr etdi.
Oʻlchov birliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radiatsiya dozasining bir qancha oʻlchov birliklari mavjud, shu jumladan yutilgan doza (D) va u quyidagilar bilan oʻlchanadi:
- grey (Gy)-massa birligi uchun yutilgan doza qiymati, shuningdek (J ·kg −1)
- ekvivalent doza (H)-Zivertlarda (Zv) oʻlchanadi
- Effektiv doza (E)- zivertlarda oʻlchanadi
- Kerma (K) grey bilan oʻlchanadi
- doza maydoni qiymati (DAP)-grey santimetrda2 da oʻlchanadi
- doza uzunligi qiymati (DLP)-grey santimetrda oʻlchanadi
- rad – 1 rad = 0,01 Gy = 0,01 J/kg sifatida belgilangan yutilgan nurlanish dozasining eskirgan birligi
- Rentgen – rentgen nurlarining taʼsir qilish uchun eski oʻlchov birligi
Har bir oʻlchov odatda oddiygina „doza“ deb taʼriflanadi, bu chalkashlikka olib kelishi mumkin. SI birliklar sistemasida boʻlmagan birliklar hali ham qoʻllanadi, ayniqsa AQShda, doza koʻpincha radlarda va doza ekvivalenti remlarda oʻlchanadi. Taʼrifga koʻra, 1 Gy = 100 rad va 1 Sv = 100 rem.
Effektiv doza
[tahrir | manbasini tahrirlash]Effektiv doza – bu stoxastik taʼsirlarning paydo boʻlishining qabul qilinishi mumkin boʻlmagan darajadan past boʻlishini va toʻqimalar reaktsiyalarining oldini olish uchun taʼsir qilish chegaralarini belgilash uchun ishlatiladigan radiologik himoya uchun markaziy doza miqdori.[1]
Samarali doza aholining oʻrtacha koʻrsatkichi boʻlgan „referent“ shaxs uchun stoxastik xavflarni baholash uchun ishlatiladi.
Organlar | Toʻqimalarning ogʻirlik omillari | ||
---|---|---|---|
ICRP30(I36) 1979 yil |
ICRP60(I3) 1991 yil |
ICRP103(I6) 2008 yil | |
Jinsiy bezlar | 0,25 | 0,20 | 0,08 |
Qizil suyak iligi | 0,12 | 0,12 | 0,12 |
Yoʻgʻon ichak | - | 0,12 | 0,12 |
Oʻpka | 0,12 | 0,12 | 0,12 |
Oshqozon | - | 0,12 | 0,12 |
Koʻkrak | 0,15 | 0,05 | 0,12 |
Quviq | - | 0,05 | 0,04 |
Jigar | - | 0,05 | 0,04 |
Qiziloʻngach | - | 0,05 | 0,04 |
Qalqonsimon bez | 0,03 | 0,05 | 0,04 |
Teri | - | 0,01 | 0,01 |
Suyak yuzasi | 0,03 | 0,01 | 0,01 |
Tuprik bezlari | - | - | 0,01 |
Miya | - | - | 0,01 |
Tananing qoldigʻi | 0,30 | 0,05 | 0,12 |
Fon radiatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inson uchun dunyo boʻylab yillik oʻrtacha fon dozasi 3,5 mSv ni tashkil qiladi [1], bular asosan kosmik nurlanish va yerdagi tabiiy izotoplar orqali hosil boʻladi . Aholi uchun radiatsiya taʼsirining eng katta yagona manbai bu tabiiy radon gazidir, bu yillik fon dozasining taxminan 55% ni tashkil qiladi. Taxminlarga koʻra, radon Qoʻshma Shtatlardagi oʻpka saratonining 10% iga sabab boʻladi.
Radiatsiya taʼsirini monitoring qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuridik dozimetriya natijalarining yozuvlari, odatda, ular qoʻllanilayotgan davlatning qonuniy talablariga qarab, maʼlum vaqt davomida saqlanadi.
Tibbiy radiatsiya taʼsiri monitoringi – bu radiologiya uskunasidan doza maʼlumotlarini yigʻish va tibbiy holatlarda keraksiz dozani kamaytirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam berish uchun maʼlumotlardan foydalanish amaliyotidir.
Shuningdek:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hisoblash inson fantomi
- Radonning sogʻliqqa taʼsiri
- Radiatsiya dozasini qayta tiklash
Ushbu maqola Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitieti Fizika fakulteti talabasi Shodiyeva Shohista tomonidan Wikitaʼlim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi.