Kontent qismiga oʻtish

Drabbl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Drabbl – bu eng koʻpi 100 ta soʻzdan iborat kichik badiiy asar[1][2][3][4]. Drabbl janrining maqsadi qisqalik hamda yozuvchining voqeani cheklangan doirada qiziqarli va maʼnoli tasvirlash mahoratini sinashdir.

Ushbu atama 1980-yillarda Angliyada ilmiy fantastika muxlislari tomonidan yaratilganligi aytiladi. Monty Pythonning 1971-yilgi „Ulkan qizil kitob“ asaridan olingan ushbu atama bilan nomlangan 100 ta soʻzdan iborat janr koʻrinishiga esa Birmengem universitetining sotsiologiya boʻlimi tomonidan asos solingan[5][6]. Kitobda „Drabbl“ soʻzi birinchi boʻlib roman yozgan ishtirokchi gʻolibga aylanadigan soʻz oʻyinini anglatgan. Ushbu oʻyinni real hayotga moslashtirish maqsadida u 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi tasdiqlanadi. Fransuz yozuvchisi Félix Fénéon oʻzining nouvelles en trois lignes (uch satrli hikoyalar) bilan ushbu yangilikning ilk nomyondasi hisoblanadi.

Drabbl musobaqalarida ishtirokchilarga mavzu va maʼlum bir vaqt berilgan. Drabbl musobaqalari va, umuman, drabllar odatda ilmiy-fantastika hamda fantastik asar muxlislari orasida mashhur boʻlgan. Beccon Publications nashriyoti uch yirik hajmli loyiha ishga tushuradi: Rob Meades va David Wake tomonidan nashr qilingan Drabbl loyihasi (1980) va Drabbl II: Juft asr (1990); David J. Howe tomonidan nashr etilgan Drabbl (1993).

Lois McMaster Bujold tomonidan yozilgan Cryoburn romanining oxirgi qismi turli qahramonlar nigohidan aytiladigan 5 ta davomiy drabbllar bilan yakunlanadi[7][8]. Jake Bible esa oʻzining Dead Mech romonini boshdan oxirigacha drabbl koʻrinishida yozib chiqadi[9].

100 Word Story – onlayn adabiy jurnal boʻlib, 2011-yilda Grant Faulkner va Lynn Mundell tomonidan asos solingan[10]. Ushbu jurnal roppa-rosa 100 ta soʻzdan iborat hikoyalarni chop etadi.

Oʻxshash tushnchaga ega Fantastik 55 eng koʻp 55 soʻzdan iborat yoki aynan 55 ta soʻzdan iborat fantastik asarni anglatadi[11]. Uning kelib chiqishi New Times gazetasi tomonidan tashkil etilgan hikoya yozish musobaqasiga borib taqaladi[12]. Uning gʻoyasi esa New Times asoschisi va noshiri Steve Moss hisoblanadi[13].

Adabiy asar Fantastik 55 sifatida boʻlishi uchun quyidagilar zarur:

  1. 55 ta yoki kamroq soʻzlardan iborat boʻlishi;
  2. Asar voqealari yuz beradigan joy;
  3. Bir yoki undan ortiq qahramonlar;
  4. Biroz qarama-qarshilik va ziddiyatlar;
  5. Asar uchun yechim.

Shuningdek, hikoyaning sarlavhasi umumiy soʻzlar hisobiga qoʻshilmaydi, shunday boʻlsada, 7 ta soʻzdan oshmasligi kerak.

  1. „Winners named in WLU drabble competition“ (Wayback Machine saytida 2013-05-15 sanasida arxivlangan), Waterloo Region Record, October 1, 2011.
  2. "Flash fiction: 'Intense, urgent and a little explosiveʼ", The Irish Times, October 26, 2011, copy available here from HighBeam Research (subscription required).
  3. Sarah Womer, „AWC professor impressed by short story entries“, Yuma Sun, December 21, 2011.
  4. "Flash Fiction". The Encyclopedia of Science Fiction. 21-dekabr 2011-yil. http://www.sf-encyclopedia.com/entry/flash_fiction. Qaraldi: 2-iyun 2012-yil. 
  5. „Winners named in WLU drabble competition“ (Wayback Machine saytida 2013-05-15 sanasida arxivlangan), Waterloo Region Record, October 1, 2011.
  6. "Flash Fiction". The Encyclopedia of Science Fiction. 21-dekabr 2011-yil. http://www.sf-encyclopedia.com/entry/flash_fiction. Qaraldi: 2-iyun 2012-yil. 
  7. T K Kenyon. „REVIEW: 'Cryoburn (A Miles Vorkosigan Novel)' by Lois McMaster Bujold“. SF Signal (2011-yil 22-sentyabr). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-iyun.
  8. Fred Cleaver.. „Science fiction books“ (2010-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 2-iyun.
  9. „What's A Drabble?“ (en-US). Jake Bible Fiction (2010-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 9-may.
  10. „Flash! Fiction! - The Review Review“. www.thereviewreview.net. 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
  11. Ron Wiggins. „PAPER CHALLENGES WRITERS TO MAKE A LONG STORY SHORT“ (2001-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyun. (subscription required)
  12. „Mini- és maxiregények“ (hu) (2011-yil 27-iyun). Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  13. NEW TIMES PUBLISHER DIED OF EPILEPSY (2005-yil 17-may).