Kontent qismiga oʻtish

Drenaj oqimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Drenaj oqimi — muayyan vaqt davomida melioratsiyalanadigan maydondan kollektor-drenaj tarmogʻi (yoki uning qismlari) orqali chiqarib yuboriladigan suv hajmi (yoki sarfi); l/s, m3/s, m3/ga bilan (oy, yil va b. uchun) ifodalanadi. D. o. miqdori gruntning suv oʻtkazish imkoniyati, maydonni drenajlash darajasi, kollektor-drenaj tarmogʻi chuqurligi, grunt suvlarining toʻyinish sharoiti, drenaj: oqimi moduli miqdori va b. omillarga bogʻliq. Sugʻorma dehqonchilik zonalari uchun yerlarning qulay meliorativ holatini taʼminlovchi D. o. miqdori sugorishga berilgan suvning 15—35% ini yoki yiliga 1,5—10,0 m3/ga ni tashkil etadi (qarang Yerlarning meliorativ holati). Drenajni loyihalashda D. o. turli usullar bilan anikla-nadi. Oʻrtacha yillik va oʻrtacha oylik D. o. miqdori suv balansi hisoblari asosida topiladi. Ishlab turgan kollektor-drenaj tarmogʻi tizimlarida D. o. gidrometrik postlarda suv sarfini oʻlchab yoki oqim moduli miqdorini topish maqsadida uning ayrim elementlari ishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil