Drezden kartinalar galereyasi
Qiyofa
Drezden kartinalar galereyasi — rangtasvir asarlari toʻplangan jahonning yirik muzeylaridan. Drezden sh. (Germaniya)da. 1560-yilda saroy toʻplami tarzida asos solingan. 1722-yilda kengaytirilib, omma uchun ochilgan, maxsus qurilgan (1847—56) binoda joylashgan. Ikkinchi jahon urushi davrida muzey binosi vayron boʻlgan, sanʼat asarlarining bir qismi shikastlangan. 1956-yilda muzey qayta tiklangan binosida ishga tushiriddi. D. k. g .da nodir sanʼat asarlarining asl nusxalari, keksa sanʼatkorlardan Ya. van Eyk, Jorjone, Rafael, Titsian, Korrejo, Veroneze, A. Dyurer, P. P. Rubens, Rembrandt, D. Velaskes, N. Pussen va b., 19—20-asrlardagi badiiy maktablar namoyandalari asarlari va b. nodir badiiy buyumlar sakdanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |