Kontent qismiga oʻtish

Drobov tangaoʻti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Drobov tangaoʻti
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Tangaoʻt
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Hedysarum drobovii

Drobov tangaoʻti (lotincha: Hedysarum drobovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, tangaoʻt turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Ugom va Chatqol togʻ tizmalari, Xumson, Burchmulla hamda Yangiqoʻrgʻon qishloqlari atrofida tarqalgan[1].

Balandligi 30-60 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizi boshchali, ildizpoyalar hosil qiladi. Ildizpoyasi ingichka, diametri 1-1,5 sm. Poyasi koʻp, 2-3 ta, uchlarida to‘pgullari oʻrnashgan. Oʻsimlikning deyarli barcha qismlari yotiq, kumushrang tuklar bilan qoplangan. Bargi yashil, bandli, murakkab, uzunligi 7-10 sm, bargchalari ikki uch juft. Gullari ikki jinsli, boshsimon toʻpgulda yigʻilgan. Gulbandi uzun, barg qoʻltigʻizdan chiqqan, to‘pguli yoyiq. Gultojibarglari pushti yoki och qizil tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq dukkak meva. Iyunda gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Dukkagi deyarli bandsiz, uzunligi 6-8 mm, qobigʻi pardasimon, tomirlari boʻrtib chiqib turadi. Urug‘i va ildizpoyasi orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan, tuplarining soni 200 tadan oshmaydi. Toshkent viloyati Ugom va Chatqol togʻ tizmalari, Xumson, Burchmulla hamda Yangiqoʻrgʻon qishloqlari atrofida tarqalgan. Toshli shagʻalli hamda boʻz tuproqli yonbagʻirlarda oʻsadi. Suv omborlarining qurilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Hedysarum drobovii“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.