Drogo qalʼasi
Drogo qal’asi (inglizcha: Castle Drogo) ― Dryusteynton yaqinidagi Revayvalizm uslubida qurilgan qoʻrgʻon va qal’adir, Devon grafligi, Angliya . 1911-1930-yillarda muvaffaqiyatli tadbirkor Julius Drewe (Julius Dryu) uchun qurilgan va Angliyada qurilgan soʻnggi qal’adir. Drew (Dryu) bu joyni, oʻzining ajdodlari Drogo de Tenyening[1] oʻrta asrlarda bu yerda mulki borligiga ishonib tanlagan. U oʻz orzusini roʻyobga chiqarish uchun oʻz karerasining choʻqqisiga[2] Edwin Lutyensni (Edvin Lachens) meʼmor sifatida tanlagan. Lutyens Drewning qal’a qurish gʻoyasini yoqlamagan, ammo shunga qaramay, u oʻzining eng yaxshi binolaridan birini loyihalashtirgan[3]. Arxitektura tanqidchisi Christopher Hussain (Kristofer Hassi) natijani quyidagicha izohlagan: „Oxir-oqibat, Drogo oʻzini qal’adek koʻrsatmasdan oʻzini oqladi. Bu XX asrda tog‘da granitdan qurilgan shakli va mazmunan qasrdir“[4].
Qal’a 1974-yilda Milliy Fondga topshirilgan va XX asrda qurilgan vaqfga qarashli birinchi binodir[5]. Birinchi toifadagi meʼmoriy yodgorlik. Qal’a atrofidagi bogʻlar tarixiy bogʻlar va bogʻlar milliy reyestrining ikkinchi toifasiga kiritilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Greeves 2008.
- ↑ Aslet 1982.
- ↑ Ridley 2003.
- ↑ Hussey 1950.
- ↑ „BBC Inside Out - Castle Drogo“. www.bbc.co.uk. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aslet, Clive. The Last Country Houses. New Haven, USA and London UK: Yale University Press, 1982. ISBN 0-300-02904-7.
- Greeves, Lydia. Houses of the National Trust. London, UK: National Trust Books, 2008. ISBN 9-7819054-0066-9.
- Hussey, Christopher. The Life Of Sir Edwin Lutyens. London UK: Antique Collectors' Club, 1950. ISBN 9-780907-46259-0.
- Edwin Lutyens: His Life, His Wife, His Work. London, UK: Pimlico, 2003. ISBN 0-7126-6822-5.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Drogo qal’asi haqida maʼlumot(ingl.) ) Milliy jamgʻarma veb-saytida