Drozofilasimonlilar, meva pashshalari (Drosophilidae) — hasharotlar oilasi. Mayda sariq yoki qoʻngʻir rangli, tanasi 1—5 mm. Qanotlari yaltiroq, koʻzlari qizil. Lichinkalari organik qoldiqlarga boy muhitda yashab, asosan shu muhitdagi achitqilar va chirituvchi mikroorganizmlar bilan hamda chiriyotgan meva bilan oziqlanadi. Drozofilasimonlilar tokzorlarda, bogʻlarda koʻplab uchraydi. Mevani qayta ishlash zavodlarida, ayniqsa, Drosophila funebris, drozofilasimonlilar fasciata va Citona beckeri turlari koʻp uchraydi. Kuzda bu turlar xonadonlarga uchib kiradi. Drosophila urugʻiga kiradigan va drozofilasimonlilar melano gaster Mg. va unga yaqin turlar biologik tadqiqotlarda, xususan genetika tadqiqotlarida foydalaniladi (ularda mutagenez jarayoni oʻrganilgan).