Drumlinalar (glyatsial relyef shakli)
Qiyofa
Drumlinalar — cho‘ziq-tuxumsimon shakldagi, uzun o‘qi muzlik yo‘nalishga parallel bo‘lgan tepaliklar. Drumlinalar asosiy morena tepalarining bir xilidir. Ularning o‘lchami quyidagicha: uzunligi 500–2500 m, kengligi 150–400 m, balandligi 5–45 m. Drumlinalar, odatda, to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi va katta maydonlarni qoplaydi. Har bir drumlina tagida tub jinslar yadrosi bo‘ladi. Turtib chiqqan bu tub jinslar muzda yoriq hosil qilgan va shu yoriqqa asosiy morenaning parcha jinslari to‘plangan. Muz erigach, bu jinslar cho‘kib, drumlina tepaligini hosil qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Geologiya va Geomorfologiya darslik.