Kontent qismiga oʻtish

Duantlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Duantlar — tezlatgichning faol qismi. Siklotron yoki fazotronda tezlatuvchi kuchlanish berishga va tezlatishga noqulay boʻlgan maydon fazasida zarralarni ekranlashga xizmat qiladigan tezlatuvchi elektrodlar. Tashqi koʻrinishi D ga oʻxshagani uchun shunday ataladi. Silindr shaklli metall qutini teng ikkiga boʻlinsa, ikkita duant hosil boʻladi (rasmga q.). D. (Z> va D2) yuqori chastotali generatorga ulanadi; generator hosil qilgan katta kuchlanishli elektr maydoni taʼsirida ionlar tezlanish oladi (ionlar manbai D. markaziga joylashtiriladi). D2 duant Dt duantga nisbatan musbat potensi-alli boʻlib, manfiy ionlarni oʻziga tortadi va ularga tezlanish beradi. D. ichida ionlarga elektr kuchi taʼsir qilmaydi. Ionlar magnit maydoni taʼsirida aylanma harakatlanib, u — yarim davr vaktdan keyin yana ikki duant oʻrtasida paydo boʻladi. u vakt ichida D. potensialining ishorasi oʻzga-radi (D2 manfiy, D) musbat boʻladi), ionlar 2), ga tortilib, yana tezlanish oladi. Ionlar D. orasida koʻp marta tezlanish oladi. D. vakuum kameraga joylashtiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil