Kontent qismiga oʻtish

Duatlon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Duatlon — bu sport turi bo‘lib, yugurish, keyin velopoyga  va yana bir yugurish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Duatlon ba’zi bir tomonlama triatlonga o‘xshab ketadi. Xalqaro miqyosda duatlon Xalqaro triatlon ittifoqi (ITU) tomonidan tartibga solinadi[1].

Duatlon musobaqalari qisqa, o‘rtacha(standart) va uzoq masofalarda o‘tkaziladi. Duatlonning sprint masofasi - 5 km yugurish, 20 km velosiped poygasi va 2,5 km yugurish. Standart masofa 10 km yugurish, 40 km velosiped va 5 km yugurish. Uzoq masofalar birlashtirilmagan, ammo, masalan, Powerman Zofingen —  bu 10 km yugurish, 150 km velosipedda va yana 30 km yugurishdan iborat.

Tegishli sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duatlon triatlonga eng yaqin bo‘lib, asosiy farq suzish bosqichi  yo‘qligidir. Triatlondan paydo bo‘lgan boshqa sport turlari - akvatlon va yugurishni o‘zida mujassamlashtirgan, lekin velobosqich va akvabayk kirmaydi. Suzish va velosportni biriktirgan, lekin yugurishni o‘z ichiga olmaydi.

Jamoaviy duatlon

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tranzit zonasi "yugurish-velosiped"

Jamoaviy duatlonning ikkita varianti mavjud. Birinchi variantda jamoa yuguruvchisi va velosipedchidan iborat bo‘lib, ular tranzit hududida galma-gal estafetani bir-biriga beradilar .

Ikkinchi variantda ikkala jamoa a’zosi masofani birga bosib o‘tadi, ulardan biri piyoda yuguradi, ikkinchisi esa velosipedda. Ular bir-biriga velosipedlarini berishga ruxsat berilgan, biroq ular bir-biridan (masalan, 10 metrdan ortiq masofada) uzoqlasha olmaydi[2]. Keyingi variantda masofani bosib o‘tish uchun umumiy vaqtni qisqartirish topshirig‘i beriladi. Bu jamoa a’zolari o‘rtasida samarali muvofiqlashtirishni talab qiladi, bu esa poygani yanada qiziqarli qiladi. Misol tariqasida Drezden atrofidagi 100 km poygani keltirish mumkin, bu Germaniyadagi eng qadimiy hisoblanadi.

Mashhur musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bart Aerouts, duatlon bo'yicha 2013 yil Yevropa chempioni

Bugungi kunda dunyodagi eng katta duatlon — London duatlonidir. U ilk marta 2005-yil 17-sentabrda Surrey shtatidagi Richmond Parkda bo‘lib o‘tgan va unda 2500 nafarga yaqin kishi ishtirok etgan. Asosiy poyga 10 km yugurish, 20 km velosport va 5 km yugurishdan iborat edi. 2005-yildan boshlab ishtirokchilar soni 4000 nafarga yetdi, 2010-yilda Londonda birinchi ultra-uzoq poyga bo‘lib o‘tdi, u 20 km yugurish, 77 km velosport va 10 km yugurishdan iborat. Endilikda “klassik” masofa 10 km yugurish, 44 km velosiped va 5 km yugurishni o‘z ichiga olgan.

Dunyodagi asosiy duatlon poygasi Shveysariyadagi Powerman Zofingen sanaladi. U 10 km tepalikka yugurishni, asosan tor yo‘laklarni, keyin 150 km tog‘ velosipedini (Bodenburg yonbag‘rida har biri 50 km bo‘lgan uchta halqa) va nihoyat 30 km tog‘ bo‘ylab yugurishni (2 halqa) o‘z ichiga oladi.

Hali ham davom etayotgan eng qadimgi duatlon sporti Nyu-York triatlon klubi tomonidan tashkil etiladi .

So‘nggi bir necha yil ichida ekstremal sport turlarining ommaviyligi ortib borishi bilan, duatlonning off-road duatlon yoki "Dirty-Du" deb nomlangan yangi shakli keng tarqaldi. Poyga yo‘laksiz yoki mahalliy joylarni kesib o‘tish bo‘yicha yugurish , tog velosiped bosqichi va yana mahalliy joylarni kesib o‘tish bo‘yicha yugurishdan iborat. 2003-yilda Texasda o‘tkazilgan Dirty-Du g‘olib bo‘lgan Lenc Armstrong tufayli mashhur bo‘ldi.

  1. „International Triathlon Union: Duathlon“. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 19-fevral.
  2. [„Team duathlon(olm.). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust. Team duathlon(olm.)]