Dubay iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dubay markazining tungi koʻrinishi

Dubay iqtisodiyoti 2022-yil holatiga koʻra aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 46,665 AQSh dollarini tashkil etadi[1]. Tani Bin Ahmad Al Zeyudi BAA ning tashqi savdo vaziri, davlatning 10 yil ichidagi noneft savdosi 16,14 trillion Dhs (4,4 trillion dollar)ni tashkil qilganini maʼlum qildi[2]. BAAning yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda 407 milliard dollardan 2022-yilda 440 milliard dollarga va 2023-yilda 467 milliard dollarga koʻtarildi. Xuddi shunday, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ham 2021-yilda 43 868 dollardan 2022-yilda 46 665 dollarga va 2023-yilda 48 822 dollargacha oshdi[3].

Oldin Dubay yalpi ichki mahsulotining 50% ni tashkil etgan neft qazib olish bugungi kunda 1% dan kamroq hissa qoʻshmoqda[4]. 2018-yilda ulgurji va chakana savdo umumiy yalpi ichki mahsulotning 26 foizini tashkil etdi; transport va logistika 12%; bank, sugʻurta faoliyati va bozorlar 10%; ishlab chiqarish 9%; koʻchmas mulk 7%; qurilish 6%; turizm esa 5% ni tashkil qilgan[5][6].

Dubay Gʻarb ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy va muhim portga aylandi. Yangi shaharning bank va moliya markazlarining aksariyati port hududida joylashgan edi. Dubay 1970—1980-yillar davomida savdo yoʻli sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qoldi. Dubay shahrida oltinning erkin savdosi mavjud va 1990-yillarga qadar Hindistonga oltin quymalarining „tezkor kontrabanda savdosi“ markazi boʻlib kelgan, u yerda oltin importi cheklangan edi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyoti
  • Birlashgan Arab Amirliklarida inson huquqlari
  • Milliy sukuk dasturi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]