Kontent qismiga oʻtish

Dumgʻaza

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dumgʻaza (sacrum) – 1) beshta dumgʻaza umurtqasidan tarkib topgan yaxlit suyak; 15—16 yoshgacha umurtqa oraliq togʻaylaridan iborat boʻladi, keyinchalik suyaklanib, bir butun dumgʻaza suyagiga aylanadi. Dumgʻazaning ikki yonboshidagi quloqsimon yuzasi yonbosh suyagining shu xil yuzasi bilan birlashib, chanoq boʻshligʻini hosil qilishda ishtirok etadi. Dungʻaza umurtqalarining kesimtalaridan vujudga kelgan teshiklar orqali qon tomir va nervlar oʻtadi; 2) hayvonlarda bir necha umurtqadan tuzilgan dum suyagi va ustidagi goʻsht bilan yogʻ ham dumgʻaza deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil