Kontent qismiga oʻtish

Dumli qoʻylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dumli qoʻylar - teri olish va juni uchun boqiladigan, dumba oʻrnida 12—24 umurtqadan iborat dumi boʻlgan qoʻylar. Zotiga qarab dumi qisqa, oriq ("qotma"); uzun, oriq; qisqa, yogʻli; uzun, yogʻli boʻladi. Romanov qoʻy zotining dum umurtqasi 12 tagacha, yogʻsiz, echki dumiga oʻxshash, reshetilov, sigay va barcha merinos zotlarining dum umurtqasi 24 tagacha, uzun, qotma, sirti jun bilan qoplangan. Qorakoʻl qoʻylarining dumi yogʻli, uzun, uchi deyarli yogʻsiz. Keyingi yillarda dumbapi qoʻylar junini yaxshilash maqsadida merinos qoʻylari bilan chatishtirib qotma va yogʻsiz dumli duragay qoʻylar olinmoqda. Bu qoʻylar mahalliy sharoitga chidamli, junining sifati yaxshi (qarang Qoʻychilik).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil